Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Javob: — U mo‘mindir.
Savol: — Imon haqida aytib bering.
Javob: — Tanho Allohdan o‘zga sig‘inadigan ilohning yo‘qligiga, Uning sherigi yo‘qligiga
iqror bo‘lishing,
Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, Jannatu Do‘zaxiga,
Qiyomatiga, yaxshilik va yomonlik Undan ekanligiga iqror bo‘lishing,
Alloh amallarni
hech kimning ixtiyoriga topshirmaganligiga, odamlar
Allohning xohish-irodasi va
belgilaganiga muvofiq bo‘lishlariga iqror bo‘lishing.
Savol: — Agar banda bularning hammasiga iqror bo‘lsa-yu, lekin Allohning: «Bas,
xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin!» (Kahf, 29, mazmuni),
degan
oyatiga binoan: istasam imon keltiraman,
istasam imon keltirmayman, xohish-ixtiyor
menda, desa, siz nima degan bo‘lar edingiz?
Javob: — U o‘z da’vosida yolg‘onchidir. Allohning: «Yo‘q! Balki,
ular oxiratdan
qo‘rqmaslar. Yo‘q! U (Qur’on) bir eslatmadir. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur.
Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur’ondan) eslatma olurlar...» (Qiyomat, 53—56,
mazmuni); «(Ular) Alloh istaga-ninigina istaydilar...» degan oyatlariga qaramaysanmi?!
Allohning «Istagan odam imon keltirsin, istagan odam inkor qilsin!» degan oyati va’iddir.
Mazkur banda bu oyatning o‘zini va uning Alloh tomonidan nozil bo‘lganini rad
qilayotgani yo‘q. U faqat oyatni ta’vil qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan
va bu bilan u kofir
bo‘lib qolmaydi.
Savol: — Banda, agar menga musibat yetsa, Alloh u bilan
meni sinamoqchimikin yoki
musibat meni qilmishimdanmikin, Alloh
meni u bilan sinamoqchi emas, desa, kofir
bo‘ladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: