Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Audit dasturi
- aniq muddatlarga rejalashtirilgan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan bir yoki bir necha auditlar yig‘indisi. Izoh. Auditlarni rejalashtirish, tashkil qilish va bajarish uchun zarur barcha fa o liya tla r audit dasturiga kiritiladi. Audit rejasi - faoliyat turlari va audit tadbirlarining bayoni. (Audit rejasi har bir aniq audit uchun tuziladi). Audit hajmi - audit mazmuni va chegaralari. Izoh. Hajm odatda tashkiliy birliklar joylashishi, fa o liy a t va jarayonlar, shuningdek qam rab olinadigan vaqt davrini о ‘z ichiga oladi. 59 3. Auditlarning sinflanishi Auditlar turlari, bosqichlari va o ‘tkazish metodlari b o ‘yicha quyidagicha sinflanadi (6.8-rasm): Birinchi tomon auditi (ichki audit) Bu tashkilot mutaxassislari tomonidan o ‘tkaziladigan audit, y a’ni tashkilotdan o ‘z shaxsiy tizimlari, protseduralari va ishlarini, ularning belgilangan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish maqsadida tadqiqot qilishni talab qiluvchi ichki tekshirishdir. Ichki audit rahbariyatga: ■ buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlari bajarilayotganligi yoki bajarilmayotganligi haqida; ■ tizim belgilangan darajada natijali va samarali yoki y o ‘qligi haqida; ■ qayerda tizimda buzilishlar borligi haqida m a’ lumot beradi. Ichki audit butun tashkilot b o ‘yicha ijobiy «aloqa kanallari»ni ta ’minlashga imkon beradi va faoliyatni yaxshilash imkoniyatlarini aniqlaydi. Tashkilot o ‘z ichki auditlariga rahbarlik qiladi va sifatni boshqarish tizimining o ‘zi qo‘llayotgan standart talablariga qay darajada muvofiqligini namoyish qiladi. Biroq, ichki auditlar natijalariga boshqa tashkilotlar tomonidan ishonchsizlik bilan qaralishini kutish mumkin, ammo ichki auditlarni sertifikatlashtirishga tayyorgarlik jarayonida, tashkilot ikkinchi va uchinchi tomondan tekshirishga tashkilotning harakatini aniqlash mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling