Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

ijobiy tomonlari:
- yuqori darajadagi obyektivlik (chunki, bu «tashqaridan 
qarash»);
- ishning yuqori samaradorligi (chunki, tashqi audit yuqori 
malakali auditorlar tomonidan o ‘tkaziladi);
- tekshirilayotgan 
tashkilot 
tomonidan 
tanqidga 
pozitiv 
qaraladi;
- auditorlarning yuqori malakasi hisobiga tekshirilayotgan 
tizimning yuqori obyektiv baholanishi;
- tekshirilayotgan 
tashkilot 
tomonidan 
tashqi 
auditlar 
natijalaridan reklama maqsadlarida foydalanish;
- sifat tizimining o ‘rnatilgan talablarga muvofiqligi va 
natijaviyligini namoyish qilish uchun tashqi auditlar natijalaridan 
foydalanish imkoniyati;
- xarajatlarni hisoblash aniqligi.
Tashqi auditlarning 
salbiy tomonlari:
- korxona an’analarini bilmaslik;
- tekshirilayotgan tashkilot xodimlari tomonidan auditorlarga 
«begona shaxs» sifatida qaralishi, oqibatda b a’zi xollarda kerakli 
m a’lumotlarning berkitilishi;
- auditorlarning 
korxonadagi 
norasmiy 
peshqadamlarni 
bilmasligi, bu esa qisqa vaqtda zarur m a’lumotlar olinishini 
qiyinlashtiradi;
- auditor 
tomonidan 
audit 
mobaynida 
olingan 
maxfiy 
m a’lumotning oshkor qilinishi ehtimolining mavjudligi;
- audit o ‘tkazish chegaralangan muddatlarda amalga oshirilishi 
sababli butun tizimni to ‘liq tekshirish imkoniyati yo‘qligi, audit 
tanlab olingan obyektlarda o ‘tkazilganligi sababli xulosa mavjud
62


m a’lumotlar asosida chiqariladi.
Ichki va tashqi auditlar odatda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: 
moslikni (adekvatlik) tekshirish va muvofiqlikni tekshirish.
Moslikni tekshirish
Hujjatlashtirilgan 
tizimning 
qo‘llanilayotgan 
standart 
talablariga mosligi darajasi aniqlanadi.
Moslikning tekshirilishi quyidagicha bajarilishi mumkin:
• 
qo‘llanilayotgan standart talablarining ushbu talablarga 
hujjatlashtirilgan tizimning mos keluvchi qismlarini aniqlagan holda 
ko‘rib chiqilishi.
• 
hujjatlashtirilgan 
tizimning 
qo‘llanilayotgan 
standart 
talablari bilan solishtirgan holda bandma - band ko‘rib chiqilishi.
Uchinchi tomon auditida barcha, ikkinchi tomon auditida 
ko‘pgina muvofiqlikni tekshirishlar albatta moslikni tekshirish 
natijalariga bog‘liq, chunki sifat tizimi hujjatlari qo‘llanilayotgan 
standart talablariga mos kelmasa, joylarda olib borilayotgan 
faoliyatning 
hujjatlarda belgilangan 
talablarga 
muvofiqligini 
tekshirish m a’noga ega emas.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling