Microsoft Word andijon mashinasozlik instituti
Download 411.99 Kb.
|
avtomobil kuzovida
XULOSA VA TAKLIFLARPrеzidеntimiz I.A.Karimov 2013 yilning 18 yanvarida O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maхkamasining 2012 yilning asosiy va 2013 yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan majlisida o`tgan yil natijalariga atroflicha to`xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan bеlgilab bеrdi. 2011-2012 o`quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo`yilmoqda: ular zamonaviy kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini; xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kеrak. Bu jixatdan o’quv dasturlarini xar bir ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligidan kеlib chiqqan xolda qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish ko’zda tutilgan. Tayyorlangan bitiruv malakaviy ishidan kelib chiqqan holda quyidagi xulosaga keldik. Avtomobillarning kuzovlarini ta’mirlashda qo’llaniladigan moslamalar bo`yicha ko`p izlanishlar olib bordik. Ya`ni avtomobil kuzovlarini ta’mirlashda moslamalarning qo’llanilishi bo’yicha bir nechta moslamalarning turlari misolida o`rganib chiqdik.Ushbu ish yuzasidan avtomobillar kuzovlarini ta’mirlash moslamalari qanday talablarga javob berish va ularni ishlash sharoitiga qarab qanday holatlarda qo’llanilishi kerakligini ko’rib chiqdik. Kuzovlarni to’g’rilash moslamasi avtomobillar kuzovini ta’mirlashda asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Odatda bunday moslamalar turlari ko’plab topiladi va ularning xar biri o’zining alohida parametrlariga ega. Hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati kundan kunga ortib bormoqda. Bunga sabab ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sonini ortib borishidir. Bundan shu narsa ma’lum bo’ladiki ishchilar va kadrlarga bo’lgan talab ortadi. Bizga shu narsa ma’lumki ishlab chiqarish korxonalarining avtomatlashgan tizimga o’tib borshiga qaramasdan, ishchi kuchi orqali ham ko’p ishlar bajariladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish mobaynida shu narsalarga ega bo’ldikki, mavjud texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida yangi turdagi zamonaviy jihozlardan foydalanish rivojini hisobga olgan holda avtomobil kuzovlarini ta’mirlashni takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish muhim axamiyatga ega bo’ladi. Bunday texnologiyalardan foydalanish korxonaga katta miqdorda iqtisodiy samara berishini ko’rsatdi. Ishda hayot faoliyatini havsizligi va shu bilan birga avtomobilni ta’mirlashda qo’llaniladigan moslamalardan noto’g’ri foydalanish odam salomatligi uchun qanday xavfli tomonlari borligi masalalariga ham alohida ahamiyat berildi. Ishni bajarish jarayonida ishlab chiqarish turini aniqlash, operatsiyaning normallash va xarajatlarni minimal qiymatini xisoblash kabilarni o’rganib oldik va malakamiz oshdi. Download 411.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling