Microsoft Word andijon mashinasozlik instituti


Download 411.99 Kb.
bet1/17
Sana19.06.2023
Hajmi411.99 Kb.
#1614686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
avtomobil kuzovida

MAVZUNING DOLZARBLIGI


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib borayotganini ta’kidlash lozim.
Shu borada, hech shubhasiz, o‘z vaqtida, ya’ni bundan 18-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz ta’lim-tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan xoli bo‘lgan, bugun o‘zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tatbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda [3].
Prezidentimiz I.А. Kаrimovning “O`zbеkiston iqtisoidiy islohotlаrni chuqurlаshtirish yo`lidа” asarida umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalarini bajarish rejalashtirilgan. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari- 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg`i- energetika, kimyo, neft- gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish, raqobatga bardosh berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bunga erisha olmayaptilar. O’zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta investittsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun, iqtisodchilar ta`ziri bilan aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish xolati mavjud bo’lishi lozim edi. Bunda kuchli injener-konstruktorlik ishini qat`iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-tehnologik jarayonni doimiy ravishda uzluksiz takomillashtirib borishning zaruriy choralarini ko’rish talab qilinadi.
Uchinchidan, xom ashyo maxsulotlari. Extiyot qismlar yetkazib beruvchilarni, ya`ni ta`minlovchilarning avtomobil biznesiga katta ta`sir bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonish kerak edi [5].
Avtomobillardan foydalanish ishini yahshilashda texnik ximat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasini o’rganish, TXK va T texnologik jarayonlarini tashkil qilishni takomillashtirish hamda bajaruvchilar ishini ilmiy asosda tashkil qilish muhim o’rin tutadi. Bu tashkiliy-texnik tadbirlarni hayotga tadbiq etish, avtomobil transporti sohasida erishilgan ilm-fan yutuqlari asosida amalga oshiriladi.
Avtomobillarning nosozliklarini bartaraf qilishda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi asosiy bo’g’in hisoblanadi va avtomobillarning texnik holatini zaruriy darajada ushlab turish, o’zgarish sabablarini o’rganish, nosozliklarni aniqlash hamda bartaraf qilish usullarini o’rganadi. Buning uchun avtomobillarning texnik ekspluattasiyasi to’g’risidagi ilm xizmat qiladi. U texnik holatning o’zgarish qonunlarini o’rganadi, texnik hujjatlarda keltirilgan talablarni qondiruvchi ekpluatatsiya ko’rsatkichning miqdoriy qiymatini va avtomobillarning ishlash qobilyatini, saqlab turish usullarini ishlab chiqadi [6].
Ushbu diplom ishida avtomobillarning ishlash qobilyatini taminlovchi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi, avtomobil agregatlari va tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash texnologiyasi hamda avtomobil kuzovlari texnik ekspluatatsiyasining o’ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar berilgan.
Bizga malumki, mashinalarning tez shikastlanuvchi qisimlarining ichida kuzov asosiy o’rin tutadi desak xato bolmaydi. Chunki, avtomobillarning kuzovlari
xar hil iqlim va yo’l sharoitlarida ishlaganligi tufayli ularga ko’plab ta’sirlar bo’lib turadi. Bunday sharoitlarda ularga tez va sifatli TXK va T ishlari olib borish kerak bo’ladi. TXK va T ishlari olib borish oldidan shikastlanishning turi va darajasini aniqlash kerak bo’ladi. Undan so’ng yuvish, tozalash, quritish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. TXK va T ishlarini bajarish tezligi texnologik jarayonni to’g’ri tashkil etilganligi va ta’mirlash jihozlari,uskunalar va moslamalar bilan ta’minlanganigiga bog’liq.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi shundaki, avtomobil kuzovlarini ta’mirlashda ishlatiladigan zamonaviy jihozlar, uskunalar va moslamalardan foydalanish texnologiyalari yoriqnomasi va ulardan foydalanish qanchalik xavfsiz va samaraliligi haqida tavsiyalar ishlab chiqilib, kelajakda avtomobillar kuzovini tez, sifatli va arzon ta’mirlashni yo`lga qo`yilishiga tavsiyalar berilgan.

    1. Download 411.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling