Microsoft Word andijon mashinasozlik instituti


rasm. EISEMANN va Forward FWM-200 PRO modelli payvandlash apparatlari


Download 411.99 Kb.
bet7/17
Sana19.06.2023
Hajmi411.99 Kb.
#1614686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
avtomobil kuzovida

rasm. EISEMANN va Forward FWM-200 PRO modelli payvandlash apparatlari


Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi.
Тo’g’rilangan va ulangan kuzovning payvandlash choklari shlakdan tozalanadi va maxsus asboblar yordamida tekislanadi.


Kuzovlarni pardozlashda qo’llaniladigan moslamalar


Geometrik o’lchamlari va pachoqlari to’g’rilangan kuzovlarni keyingi bosqichda pardozlash ishlari bajariladi. Ushbu jarayonda payvandlangan joylar elektr charxi, pnevmatik jilvirlash uskunasi va jilvir qo’gozi yordamida silliqlanadi va keyin shpatelyovka qilinadi. Bunda quyidagi asboblardan foydalaniladi (10- rasm).


    1. rasm. GEDORE 5013 va GEDORE 5014modelli pnevmatik jilvirlash uskunalari


Silliqlash ishlari to’g’rilanayotgan yuzaning shakliga qarab tanlab olingan ushlagichlar bilan tekislash bolg’achalari yordamida qo’lda yoki maxsus jihozlar va mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi.
  1. TEXNOLOGIK QISM


Тexnologik jihozni loyixalash bosqichlari
Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimiga asosan texnikaviy topshiriq- konstruktorlik jihozini yaratish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. U maxsulotga qo’yiladigan texnik-iqtisodiy talablarni o’z ichiga olishi zarur: talab xususiyatlari va qo’llanilish samarasi, xamkorlikda ko’rib chiqish talab etadigan hujjatlar ro’yxati, jihozni ishlab chiqishdan so’ng qabul qilish va topshirish tartibi.
Тexnikaviy topshiriq sifatida ixtiyoriy hujjat: kontrakt, protokol, eskiz, buyurtmachi xati va x.k. qabul etilishi mumkin. Lekin ular buyurtmachi va ijrochi tomonidan qabul etilgan va ishlab chiqish uchun yetarli va zarur talablarga javob berishi kerak.
Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimiga asosan konstruktorlik hujjatlarining bosqichlari, konstruktorlik hujjatlarining turlari va jamlanmasi davlat andozalari bo’yicha bajariladi.
Davlat andozalariga asosan loyixalash bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Тexnik taklif - agar texnikaviy topshiriqda ko’zda tutilgan bo’lsa, mavjud analogli jihozlarni taqqoslab baholash asosida, jihozga qo’shimcha yoki aniqroq talablarni aniqlashda bajariladi.

  2. Eskiz loyixa – agar texnikaviy topshiriqda ko’zda tutilgan bo’lsa bajariladi. Eskiz loyixalashdan maqsad loyixalanuvchi jihoz uchun ishlash prinsipi va tuzilishi bo’yicha umumiy ma’lumotlar beruvchi prinsipial (tuzilmaviy, sxemalar va boshqa) yechimlarni qabul qilish, jihoz umumiy ko’rinishi chizmasi va tushuntirish xati (yozuvi) bo’lishi ko’zda tutilgan.

  3. Тexnikaviy loyixa – texnikaviy topshiriqda yoki texnik taklifning ko’rib chiqish bayonnomasida ko’zda tutilgan bo’lsa bajariladi. Тexnikaviy loyixadan maqsad maxsulot tuzilishi haqida texnikaviy uzil-kesil yechimni aniqlash.

Yangi jihoz yaratishda avval birlamchi namuna jihozning konstruktorlik hujjati yaratiladi, jihoz yasalib va maqullash sinovidan o’tkazilgandan so’ng chizmalar aniqlashtiriladi.
Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimida asosiy talablar davlat standartida qayd etilgan. Me’yoriy hujjatlarga asosan chizmalar, yozuv hujjatlari, spetsifikatsiyalarni bajarilishi standart talablari asosida bajariladi.



Download 411.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling