1- rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash jihozi
2-rasm. Kuzovlarni to’g’rilash jihozi
Ushbu qurilmalar kompyuter bilan butlangan bo’lib, uning xotirasiga
minglab avtomobil rusmlarining geometrik parametrlari dasturlab kiritilgan.
Qurilmaning asosiy qismini gidravlik silindrlar tashkil etadi. Pachoqlangan kuzov qurilma platformaga tayanch nuqtalar bilan o’rnatiladi. Agar falokat natijasida
ushbu nuqtalar siljigan bo’lsa, ular birinchi navbatda me’yoriga keltiriladi.
Navbatdagi ish kuzovning qolgan o’lchamlarini o’z o’rniga keltirishdir. Bunda yuqorida aytilgan gidrotsilindrlar yordamida chiqib ketgan joylar tortiladi, bukilgani to’g’rilanadi hamda ichkariga kirib ketgan joy itarilib chiqariladi.
Quyidagi “Siver S3-210” rusumli jihozida 10 tonnagacha kuchlanish hosil qila oladigan gidrotsilindr mavjud bo’lib, uni qurilma platformasida 16 nuqtadagi o’rindiqlarga joylashtirib kuzovni to’g’rilash mumkin. Bundan tashqari avtomobil kuzoviga boshqa qo’shimcha gidrotsilindrlar orqali ham ta’sir qilinishi mumkin.
rasm. Yengil avtomobillar kuzovini tiklovchi “Siver S3-210” rusumli stend.
Qurilma ustunlarining gorizontal tekislikda va zanjir kronshteynining ustun bo’yicha vertikal tekislikda harakatlana olish qobiliyati kuchni xohlagan joyga, hohlagan burchak ostida qo’yish imkonini yaratadi.
Ushbu jihozlardan tashqari kuzovlarni to’g’rilashda quyidagi moslamalrdan ham foydalaniladi. Bunda kuzovning geometrik parametrlari bazaviy nuqtalar bo’yicha tekshiriladi (4-rasm).
4- rasm. Yengil avtomobil kuzovini geometrik parametrlarini nazorat qilishdagi o’lchash tizimi.
1-o’rnatiluvchi rama; 2- kuch mexanizmi; 3- yuklama beruvchi strela.
Do'stlaringiz bilan baham: |