Microsoft Word andijon mashinasozlik instituti


Mavjud jihozlarning tuzilishini o’rganish va taqqoslash


Download 411.99 Kb.
bet8/17
Sana19.06.2023
Hajmi411.99 Kb.
#1614686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
avtomobil kuzovida

Mavjud jihozlarning tuzilishini o’rganish va taqqoslash


Mavjud jihozlarning tuzilishini (texnik yechimlarini) o’rganishda, ularning kamchiliklari taxlil qilinib, yangi yoki takomillashtirilgan konstruksiya yaratilishi zarurligi aniqlanishi zarur. Loyilanishi zarur bo’gan jihoz konstruksiyasini tanlash va asoslash shu jihozga o’xshash zamonaviy texnikaning ilmiy yutuqlariga asoslanishi zarur. Bundan tashqari loyixalanuvchi jihoz konstruksiyasini tanlashda ishlab chiqarishning qobiliyatlari (avtotransport korxonasi sharoitida, konstruktorlik byurosining eksperemental bo’limida, avtota’mirlash zavodida va boshqa) hisobga olinishi zarur.




    1. rasm. Avtomobil kuzovidagi kichik pachoqlarni to’g’rilash moslamasi


O’rganish va taqqoslashlar natijasi bo’yicha loyixalanuvchi jihozga texnik talablar oydinlashtiriladi. Тexnik talablarni me’ryoriga yetkazishda loyihalanuvchi jihozning maqsadi va qo’llanilish sohasini aniq belgilab olish kerak. Jihozning dastlabki qisqacha tavsifini berish, konstruksiyaning ishonchliligini va texnologik mosligini asoslash lozim.

Moslamani maqsadi va qo’llanilish joylari


Avtomobil kuzovidagi kichik pachoqlarni to’g’rilash moslamasi avtomobillarda xosil bo’lgan pachoqlarni to’g’rilash maqsadida qo’llaniladi. Avtomobillarda turli sabablarga ko’ra pachoqlanishlar sodir bo’lishi mumkin. Agar avtomobildagi pachoqning o’lchami uncha katta bo’lmasa uni quyidagi moslama yordamida to’g’rilash mumkin.
Moslamadan avtomobilning katta bo’lmagan va unchalik chuqur pachoqlanmagan yuzalarini ta’mirlshda foydalaniladi. Agar avtomobil kuzov yuzasidagi pachoqlanish katta yoki chuqurroq sodir bo’lgan bo’lsa, uni boshqa kattaroq jixoz yordamida chiqarib olib, undan so’ng loyhalanayotgan moslama yordamida ishni davom ettirish mumkin. Ushbu moslamadan foldalanish uchun uning xamma qismlari soz holda bo’lishi kerak. Moslamani quyidagi rasmda qismlarini ko’rish mumkin.
Avtomobil kuzovidagi pachoqlanishni yo’qotishda ananaviy usuldan foydalanish kuzov yuzasidagi bo’yoq qoplamasini olishni talab etadi. Xozirgi kunda avtomobillarni kuzovlarini ta’mirlashda kuzov bo’yoqlariga ziyon etkazmasdan pachoqni bartaraf etishning PDM usulidan foydalanish ommalashib bormoqda.
Bu usulda pachoqni yoqotish uchun moslama va kleyli brikma yordam beradi. Maxsus tarkibli termokley termopistolet yordamida suyuqlikni avtomobil kuzovi yuzasiga yopishtiradi.
Bu usulning kamchiliklari asosan uning tarkibi, chunki issiq yopishtiruvchi eritmalardan foydalanilgan. Shuning uchun issiq eritma kuzov yuzasiga qattiq yopishib qolib, uni tozalash uchun ko’p vaqt ketib qoladi.
Oxirgi vaqtlarda yanayam qulay bo’lgan usullarda pachoqlarni to’g’rilashda termokley o’rniga magnitdan foydalanilmoqda. Bunda bimuncha qulay va biriktiruvchi kuch xam kattaroq bo’ladi. Shu sababli bu usul birmuncha samaraliroq xisoblanadi (12-rasm).




    1. Download 411.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling