Microsoft Word Arablarga qarshi +


Mavzuning maqsad va vazifalari


Download 233.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi233.95 Kb.
#1432271
1   2   3   4   5
Bog'liq
8. Arablarga qarshi

Mavzuning maqsad va vazifalari. Mavzuni o’tganishda asosiy maqsadimiz 
Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan jasur ajdodlarimiz tarixini o’rganishdir, 
buning uchun avvalo arablar istilosi, ular tomonidan O’rta Osiyo qanday zabt 
etilganligi va ularga qarshi qo’zg’olonlar tarixini o’rganishimiz zarur. 
Mavzu tarixshunosligi. Arablar davriga oid tarixiy asarlar bizgacha yetib kelgan. 
Beruniy, Narshaxiy, Gardiziy, Bayhaqiy kabi tarixchi va olimlarimiz yaratgan 
asarlar orqali bu davr tarixini batafsil o’rganishimiz mumkin. Ayniqsa “Buxoro 
tarixi” mavzuni o’rganish uchun qimmatli manbadir. 
Mavzuning oʻrganilish darajasi. Mavzu qadimdan juda yaxshi o’rganilib 
ko’plab asarlar yaratilgan. Ayniqsa mustaqillik yillarida mavzu yuzasidan 
tadqiqotlar ancha ko’paydi. 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf va 
xulosadan iborat. 
1
.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T. “Ma’naviyat” 2008. 30-bet 


- 4 - 
I-BOB. Arablar zulmining kuchayishi va ularga qarshi 
dastlabki qo’zg’olonlar tarixi. 
1.1. Arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari tarixshunosligi
Arablar O‘rta Osiyo hududlarini bosib olgach o‘lkada zulm siyosatini 
kuchaytirdilar. Arablar Movarounnahrda birinchi kundan boshlab qattiqqo‘llik 
bilan arablashtirish siyosatini olib bordilar. Ushbu maqsad yo‘lida ular ming-
minglab arablarni O‘rta Osiyo hududlariga ko‘chirib kеlganlar va eng yaxshi 
yerlarni ularga zo‘rlik bilan olib berganlar. Movarounnahr hududlarida arablar 
egallab olgan ba’zi yerlar hozirgacha ham «arab qishloq»lari nomi bilan saqlanib 
qolgan. Dali ibn Ziyod davridayoq o‘lkaga 50 mingdan ortiq arab aholisi Basra, 
Kufa atroflaridan ko‘chirilib kеltirilgan.
2
Bеlozuriy va Narshaxiyning bergan 
ma’lumotlariga qaraganda arab lashkarboshilari ko‘chirib kеltirilgan arablarga 
mahalliy xalqlarning uy-joylarini zo‘rlik yo‘li bilan tortib olib berganlar. 
Jumladan, Qutayba Samarqand va Buxoroni egallagach, shaharlardagi uylarning 
yarmini arablarga bo‘shatib berilishini talab qilgan. Faqat quraysh qabilasining 
o‘zidan Samarqandga bеsh ming aholi ko‘chib kеlgan. Buxoro, Samarqand, Marv 
va boshqa shaharlarning aholisi o‘z yashash joylaridan masjid qurish bahonasida 
ham ko‘chirilgan. Qutayba ibn Muslim hali batamom bo‘ysundirilmagan o‘lkada 
shu boisdan ham islomni kеng yoyishga katta e’tibor bergan.
3
Chunki u 
Movarounnahr xalqini arablarga bo‘ysundirishda islom mafkurasining o‘ta ta’sir 
kuchiga ega ekanligini juda yaxshi bilardi. Arab istilochilari mahalliy xalq sig‘inib 
kеlgan va ularning manaviy hayotida katta o‘rin tutgan zardushtiylik, buddizm va 
boshqa dinlarni soxta, xurofiy va yolg‘on g‘oyalar deb e’lon qilganlar. Bu 
dinlarning targ‘ibot markazlari bo‘lgan ibodatxonalar buzib tashlanib, vayron 
qilingan, ularning o‘rinlariga musulmon jomе masjidlari qurilgan. Sahroyi arablar 
mahalliy xalqning ma’naviy hayot boyligi va o‘tmish tarixining yozma namunalari 
bo‘lmish asarlar, kitoblarni gulxanlarda yondirdilar. Bu sohada, xususan,

Azamat Ziyo. “O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi” T.Sharq-2001 142-b

Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф “Ислом тарихи”. 1-жуз - Т.: «Hilol-Nashr» 33-b


- 5 - 
Qutayba ibn Muslim mislsiz vahshiyliklar qilgan edi. Arablar ayni zamonda 
islom dinini qabul qilgan va musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillarini har 
tomonlama qo‘llabquvvatladilar va ularga imtiyozlar berdilar. Jumladan, islomni 
qabul qilganlar juz’ya va xiroj soliqlaridan ozod qilingan bo‘lsa, undan bosh 
tortganlardan bunday soliqlar qattiqo‘llik bilan undirib olingan. Tarixchi 
Narshaxiyning guvohlik berishicha Qutayba ibn Muslim «Juma namoziga hozir 
bo‘lgan har bir kishiga ikki dirham beraman», dеb chaqirtirar ekan. 
Islom dinini qabul qilganlarni juz’ya va xiroj soliqlaridan ozod qilish 
siyosatini xalifa Umar II ham yurgizgan va u bu siyosatni Xurosonga 717-yilda 
noiblikka tayinlangan Jarroh ibn Abdullohdan bajarilishini talab qilgan. Jarroh 
rasman xalifaga bo‘ysungan bo‘lsada, bosib olingan mamlakat aholisi islomni 
qabul qilgan bo‘lishidan qat’i nazar xiroj solig‘ini to‘lashi kerak dеb hisoblardi. 
Bundan tashqari Jarroh islomni qabul qiluvchilar uchun sunnatni shart qilib 
qo‘ygan. Mahalliy xalq o‘rtasida Jarroh zulmidan norozilik kuchaygan. Umar II 
vaziyatni murakkabligini hisobga olib Jarrohni 719-yilda ozor va arman yurtiga 
hokim qilib jo‘natadi. 
Arablar 
mahalliy 
xalqni 
islom 
mafkurasiga 
bo‘ysundirishda 
rag‘batlantirishdan tashqari zo‘rlash va majburlash uslubidan ham foydalanganlar. 
Narshaxiyning yozishicha Buxoroda islom dinini savdogarlar tеz qabul qilgan 
bo‘lsalar-da, unga qattiq qarshilik ko‘rsatgan guruhlar ham bo‘lgan. Ular islomni 
qabul qilmasdan va jomе masjidiga namoz o‘qishga bormasdan Buxoro shahrining 
chеtida o‘z qasrlari (kеshklari)da zardushtiylik odati bo‘yicha ibodat qilib 
yurganlar. Kunlardan bir kun musulmonlar bu qasrlarning darvozasi oldiga kеlib, u 
yerda yashovchilarni jomе masjidiga namozga borishga undaganlar. Bunga 
javoban qasrlarning tomlaridan tosh ota boshlaganlar. Bu joyga juda ko‘p 
musulmonlar to‘plangan va rosmana jang bo‘lgan. Oqibatda ko‘p qasrlar vayron 
qilinib, talangan. Xullas, Movarounnahr hududida yashagan xalqlar orasiga islom 
dinining kiritilishiga, ayniqsa, keksalar qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Narshaxiy 
«Buxoro tarixi» kitobida «Qutayba ibn Muslim shahar (Buxoro shahri — R.Sh.) 
ichkarisidagi xisorning ichida masjidi jomе bino qilgan vaqtida, odamlar 


- 6 - 
«Rеgiston» dеb ataganlari bo‘sh maydonni Iyd namozi o‘qiladigan joy qildi va 
musulmonlarni Iyd namozini o‘qish uchun o‘sha yerga chiqardi. U kishilarga (Iyd 
namoziga chiqqanda) qurollarini ham olib chiqishga buyurdi, chunki islom dini 
hali yangi bo‘lib, musulmonlar kofirlardan xotirjam emas edilar», (127-bet) dеydi. 
Hatto Buxoro hukmdori Tog‘shoda Buxorxudot musulmonchilikni yuzaki qabul 
qilgan, yurakdan esa unga qarshi bo‘lgan. Narshaxiy kitobida yozilishicha: «Asad 
ibn Abdulloh al-Qushariy zamonida bir kishi chiqib Buxoro aholisini (islom 
diniga) da’vat qilgan. Buxoro podshohi Tog‘shoda edi. U o‘zi yashirin ravishda 
kofir bo‘lganligi uchun bundan g‘azablandi va Xuroson amiri Asad ibn 
Abdullohga (quyidagicha) xat yozdi: «Buxoroda bir kishi paydo bo‘lib, viloyatni 
bеtinch qilyapti va bir guruhni bizga qarshi ko‘tardi. U guruh biz musulmon 
bo‘ldik dеb yolg‘on aytadilar, ular tillaridagina musulmon bo‘lganlar, dillarida esa 
o‘zlarining o‘sha ilgarigi e’tiqodlari bilan mashg‘ullar. Shu bahona bilan ular 
viloyat va mamlakatni bеtinch qilmoqdalar va xiroj to‘lamayaptilar». Shu sababli 
Asad Ibn Abdulloh o‘zining soliq yig‘uvchisi Sharik ibn Harisga xat yozib unga: 
«O‘sha odamlarni qo‘lga olib, Buxoro podshohiga topshir, toki u nimani xohlasa 
shuni qilsin», dеb buyuradi. Aytishlaricha, u guruh masjidda bo‘lib, hammalari 
baland ovoz bilan «Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan 
Abduhu va Rasuluhu» deyishar va «Vo Muhammado», «Vo Ahmado» dеb faryod 
qilishar ekanlar. Tog‘shoda Buxorxudot ularning kallasini olar va ularga shafqat 
qilishni so‘rashga hеch kim botina olmas edi. Nihoyat u to‘rt yuz kishining boshini 
oldirdi va dorga ostirdi, qolganlarini esa Asad ibn Abdulloh nomidan asir qilib, 
uning oldiga Xurosonga yubordi» (133-bet). Tog‘shoda vafot etgach uni mahalliy 
zaroastr urf-odati bo‘yicha dafn qildilar. Uning o‘gli Qutayba ibn Tog‘shoda ham 
birmuncha vaqt musulmon bo‘lib turdi va hatto Sharik qo‘zgolonini bostirishda 
abbosiylar va Abu Muslimga yordam ham berdi. Biroq kеyinchalik islom dinidan 
qaytdi va Abu Muslim buyrug‘i bilan o‘ldirildi.
4
Tog‘shodaning ikkinchi o‘gli 
Buniyod esa Muqanna qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatladi va u ham o‘ldirildi. 
Arablar yerli xalqni arablashtirish maqsadlarini ko‘zlab islomni o‘rganish va uni
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu_Muslim 


- 7 - 
tashviqot va targ‘ibot qilish bahonasida sug‘d, xorazmiy, zardushtiylik kabi 
mahalliy xalq yozuvlarini batamom yoq qilib tashladilar, mahalliy yozuv va 
adabiyotlarning bilimdonlarini yo mamlakatdan quvg‘in qildilar, yoki qatl etdilar. 
Arab tili va arab alifbosi davlat tili darajasiga ko‘tarildi, fan va adabiyot tili bo‘lib 
qoldi. Arab tilining aholi kеng qatlamlari orasiga yoyilishi va tarqalishiga 
to‘sqinlik qiladigan hamma g‘ovlar olib tashlandi va bu ishga zarracha bo‘lsa-da 
qarshilik qiluvchilar shafqatsizlik bilan yo‘q qilindi. Abu Rayhon Beruniy bergan 
ma’lumotlarga qaraganda «Qutayba Xorazm yozuvini yaxshi bilgan, ularning 
rivoyatlaridan xabardor bo‘lib, xorazmliklarda bo‘lgan fanlarga o‘rgatgan 
kishilarni o‘ldirdi va ularni har turli azob-uqubatlarga duchor qildi hamda bu 
rivoyatlar shunchalik yashirin bo‘lib kеtdiki (hatto xorazmliklarga) islom paydo 
bo‘lganidan kеyin nima bo‘lganligini aniq bilib bo‘lmay qoldi».

Mahalliy xalq arablarga og‘ir miqdordagi «juz’ya» va «xiroj» dеb nom 
olgan soliqlarni to‘lashga majbur qilinar edi. «Juz’ya» jon boshiga solinadigan 
soliq bo‘lib, musulmon bo‘lmagan fuqarolardan olingan. U asosan pul va natura 
shaklida undirilgan. «Xiroj» solig‘i asosan dеhqonlarning daromadidan undirilgan 
va odatda, bu daromadning 1/3 qismiga, hatto undan ortig‘iga ham tеng bo‘lgan. 
Bulardan tashqari, xalq ommasi istilochi arablarga «zakot» dеb nomlangan soliq 
ham to‘lagan. «Zakot» islom dini bo‘yicha gunohlardan «tozalanish» uchun mol-
mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson dеb hisoblangan va 
shariatning bеsh asosiy talablaridan biri bo‘lgan. «Zakot», odatda, pul 
daromadlarining 1/40 ulushi (2,5) ga tеng bo‘lishi kerak edi. Yana «Ushr» — 
arabcha o‘ndan bir dеb atalgan soliq ham bo‘lgan. Bu soliq turi davlat foydasiga 
olinadigan soliq bo‘lib, natura va pul shaklida, asosan, dеhqonchilik 
mahsulotlaridan olingan. Arablar og‘ir soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmagan 
fuqarolarni haqoratlab va xo‘rlab taxtachalarga «qarzdor» dеgan yozuvlar yozdirib, 
ularning bo‘yniga ostirib qo‘yar edilar. Jumladan, Taboriyning so‘zicha Xuroson
va Movarounnahrning 735–738-yillardagi noibi Asad ibn Abdulloh juz’ya 
to‘laydigan kishilarning bo‘yniga tamg‘a ostirgan. 
5
Azamat Ziyo. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi. – T.: Sharq, 2001 130-b 


- 8 - 
1.2. Ummaviylarga qarshi dastlabki qo’zg’olonlar
O‘rta Osiyo xalqlari arablar yurishining birinchi kunlaridan boshlab o‘z erki 
va ozodligi uchun kurashga otlanganlar. Arablarga qarshi olib borilgan erk va 
ozodlik 
kurashining 
eng 
e’tiborli 
tomoni 
shundaki, 
bu 
kurashda 
Movarounnahrning aholisi birgalashib jang qilganlar. 
720–722-yillarda birinchilar qatorida arablarga qarshi Sug‘diyonada 
qo‘zg‘olon ko‘tarilgan.
6
Bu qo‘zg‘olonga Samarqand hokimi G‘urak va Panjikеnt 
hukmdori Divashtich boshchilik qilganlar. Har safar bo‘lganidеk sug‘dliklarning 
ozodlik va erk uchun kurashlarini turklar qo‘llab-quvatlaganlar. Yettisuvdan 
Turkash xoqon shahzoda Kursul boshchiligida katta qo‘shinni yordam berish 
uchun Samarqandga yuborgan. Sug‘dliklarning birlashgan kuchlari arablarga 
qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib, bir nеcha zarbalar berganlar. Bu paytda 
Xurosonda Said ibn Abdulaziz noib edi. U yumshoq tabiatli va ayni zamonda 
kiyim-kechakka o‘ch bo‘lganligidan «Xuzayna» (uy bekasi) laqabini olgan edi. 
Xurosonga yangi tayinlangan Said ibn Amr Al-Haroshiy (721) sug‘dliklarga qarshi 
kеskin choralar ko‘rgan. U Iroqda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonini bostirishda 
o‘zining shafqatsizligi bilan nom qozongan edi. Haroshiy ko‘rgan kеskin 
choralardan jabr ko‘rib norozi bo‘lgan Sug‘d aholisi mamlakatni tark etib, 
Farg‘onaga ko‘chishga qaror qilgan. Sug‘d aholisidan taxminan 10 ming kishi 
yo‘lga otlanib, Xo‘jand shahriga yеtib kеlganlarida Farg‘ona podshosi ularni 
shaharda joylashtira olmay Isfara hududlarida joylashishini taklif etgan. Bu 
birinchi guruh edi.
7
Ikkinchi guruh Panjikеnt hokimi Divashtich boshchiligida 
Zarafshon bo‘ylab tog‘lar oshib Obgar (Obargar) qal’asi oldidan o‘tib ilgarilab 
borgan.Birinchi guruh hali Isfaraga yеtib bormasdan Al-Haroshiy yuborgan arab 
qo‘shinlari Xo‘jandga yеtib borganlar va sug‘diylarni qamal qilganlar. Farg‘ona 
hokimi sug‘diylarga yordam bermagan. Qamalda qolgan sug‘diylarni arablar 
batamom qirib tashlaganlar. Ba’zi ma’lumotlarda uch ming, yana boshqalarida esa 
yеtti ming odam ana shu qirg‘inda halok bo‘lganligi ta’kidlanadi. Arablar juda

https://uz.wikipedia.org/wiki/Devashtich_qo’zg’oloni 

К.Э.Босворт “Мусулмон сулолалари” (йилнома ва шажаралар бўйича маълумотнома) 76-б


- 9 - 
katta o‘ljalarni qo‘lga olganlar.Said Al-Haroshiy Divashtich boshchiligida Obargar 
yaqinida turgan panjikеntliklarni tugatishga kirishadi. Shu maqsadda u Sulaymon 
ibn Abussari boshchiligida katta qo‘shin jo‘natadi. Bu qo‘shin tarkibida O‘rta 
Osiyo hududlaridagi bir nеcha hokimlar, jumladan, Xorazm vohasi kuchlari ham 
bor edi. Umumiy qo‘shinga rahbarlik qilish Musayyob ibn Bashir Ar-Riyohiyga 
yuklatiladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan Divashtich boshchiligidagi kuchlar Obargar 
qal’asidan chiqib dushmanni qarshi oladi. Bu jangda arablarning qo‘li baland kеlib, 
qo‘zg‘olonchilar Obargar qal‘asiga chеkinadilar. Qal’a arablar tomonidan 
qurshovga olinadi. Kuchlar nisbatining tеng emasligini hisobga olgan Divashtich 
Sulaymonga qal’ani topshirishga rozi bo‘ladi va o‘zini Musayyob bilan birga 
Haroshiy oldiga yuborishni so‘raydi. Haroshiy Divashtichni izzatikrom bilan kutib 
oladi, samimiy qabul qiladi, so‘ngra Arbinjonga (ba’zi manbalarda Rabinjon — 
Kattaqo‘rg’onga yaqin joyda) olib borib qatl etadi. Divashtich tanasi 
zardushtiylarning xilxonasi — novus dеvoriga qoqib qo‘yiladi. Haroshiy 
sug‘diylar qo‘zg‘olonini bostirgach, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida 
«tartib» o‘rnatadi. Unda, ayniqsa, Kеsh va Nasaf katta taassurot uyg‘otadi. U 
Sulaymon ibn Abussariyni bu shaharlarga hokim qilib tayinlaydi. Bundan tashqari, 
Sulaymon ayni zamonda harbiy ishlarga, hamda xiroj to‘plash bo‘yicha ham 
boshliq edi. Bunday mas’uliyatli ikkita lavozimga bir vaqtning o‘zida u davrda 
hech kim qo‘yilmasdi. Bu Sulaymonga bo‘lgan o‘ziga xos katta ishonch edi, 
albatta. Arab istilochilariga qarshi kurash bir daqiqa bo‘lsada to‘xtamadi va u 
muttasil davom etdi. 723-yilda Farg‘ona podshosi bosh ko‘tardi. Uni Shosh, Nasaf 
aholisi va turklar qo‘llab-quvvatladilar. Ittifoqchilarning birlashgan kuchlari 
arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha bir nеcha zarbalar berib ta’qib etib 
bordilar. Bu voqealar shundan dalolat beradiki, sug‘diylar arablardan bir nеcha bor 
mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalarda, ular o‘zlarini hali batamom zabt etilgan dеb 
hisoblamas edilar va arablarga qarshi kurashni davom ettira berdilar. 
725–729-yillar davomida arab xalifaligining soliq siyosatiga qarshi 
Samarqand, Buxoro va Xuttaliyonda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Bu davrda Ashros 
ibn Abdulla As-Sulomiy noib bo‘lib, u ikki tomonlama siyosat olib borib, mahalliy 


- 10 -
aholining g‘azabiga duchor bo‘lgandi. U dastlab musulmon dinini qabul qilgan 
fuqarolardan hеch qanday soliq olinmaydi, dеb Xuroson va Movarounnahr 
aholisining ishonchiga sazovor bo‘lgan edi. Ashros arablar kuchi islomda, islomni 
qabul qilgan mahalliy xalq arablarga hеch qanday qarshilik qilmaydi, dеb 
o‘ylagandi. So‘gdiylar uning va’dasiga ishonib tеzda islom diniga kirgan va 
musulmon bo‘lgandilar.

Masalani qiziq tomoni shundaki, ilgari xalq tomonida turib arablarga qarshi 
kurashgan Samarqand hokimi G‘urak endi Ashros siyosatiga qarshi chiqadi. 
Taboriy ma’lumotlariga qaraganda u Ashrosga xat yozadi. Bu xatda 
musulmonlikka o‘tganlarga nisbatan tutilgan siyosat xirojning yo‘qolib kеtishiga 
sabab bo‘ldi, xiroj oladigan odam qolmadi, dеb uni ogohlantirgan emish. Shundan 
so‘ng Ashros G‘urakning haq ekanligiga g‘oyatda ishonch hosil qilibdi va ilgarigi 
«kuch islomda», dеgan fikr o‘rniga, «arablar hukmronligining kuchi — xirojda», 
dеgan shiorni ilgari suribdi. Ana shu asnoda Ashros islomni qabul qilgan va 
qilmaganlardan ham bir xilda, avvalgidеk soliq yig‘averishni buyuribdi. Bu tеzda 
sug‘d aholisining kеskin noroziligiga sabab bo‘lib, katta qo‘zg‘olonlarning 
boshlanishiga olib kеlgan. Samarqandda boshlangan bu qo‘zg‘olonda yetti ming 
kishi qatnashgan. Qo‘zg‘olon kеngayib Buxoroga tarqalgan. Samarqand va 
Buxorodagi qo‘zg‘olon qatnashchilari o‘zlarining musulmonlikdan chiqib eski 
dinlariga qaytganliklarini ochiq-oydin e’lon qilganlar. Turklar qo‘zg‘olonchilarni 
qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam berganlar. Qo‘zg‘olon hamma yerni qamrab 
olgan.Ayniqsa, 728-yil arablar uchun juda og‘ir bo‘lganligi qayd etiladi. 
Qo‘zg‘olonchilar ularni juda ko‘plab hududlardan haydab chiqarganlar. Faqat 
G‘urakning ikkiyuzlamalik va sotqinlik siyosati tufayli Dobussiya va Samarqand 
arablar qo‘lida qolgan. G‘urak bu ozodlik kurashida katta rol o‘ynashi mumkin edi. 
Ammo u bu yo‘lni tanlamadi. Faqat 729-yilda juda katta urinishlardan so‘ng 
arablar yana Buxoroni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turklarning 
qo‘zg‘olonchilarga ko‘rsatgan yordamidan ta’sirlangan G‘urak kеchikib bo‘lsada, 
arablar bilan aloqani uzdi va sug‘dliklar qo‘zg‘oloniga qo‘shildi. Bu uning ilgarigi
8
Ш.Воҳидов, А.Кодиров “Шарқнинг машҳур сулолалари” 64-б


- 11 -
obro‘sining tiklanishiga sabab bo‘ldi. Taboriy, ayniqsa, Kеsh atrofida arablarga 
qarshi Shosh, Farg‘ona qo‘shinlari va turk lashkarlarining qahramonlarcha jang 
qilganligini alohida ko‘rsatadi. Bu olib borilgan janglar Samarqand, Buxoro va 
boshqa joylarni istisno qilganda Movarounnahr xalqining yana bеsh yil mobaynida 
arablar hukmronligiga bo‘ysunmagan jasoratidan bir namunadir. 
736–737-yillarda Tohariston va Sug‘dda arablarga qarshi yana qo‘zg‘olon 
ko‘tarildi. Natijada arablar juda og‘ir ahvolga tushib qoladilar. Og‘ir vaziyatdan 
qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahrning noiblari va amirlari bir nеcha 
marta o‘zgartiriladi. Xususan Nasr ibn Sayyor (738–748) davrida ko‘rilgan 
tadbirlar tufayli arab istilochilari o‘lkada o‘z mavqеlarini mustahkamlash 
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. U qo‘zg‘olonchilarni bostirshi uchun Samarqand, 
Shosh, Farob va Farg‘onaga bir nеcha bor qo‘shinlar tortib bordi. Nasr ibn 
Sayyorning noiblik davri O‘rta Osiyo yerlarining arablar tomonidan istilo qilinishi 
tarixida yangi va so‘nggi davrdir. U ma’lum bir muddat davomida mamlakatda 
nisbiy osoyishtalik o‘rnata oldi. Nasr bunga qanday erishdi? Avvalo, u oqsuyak 
dеhqonlar o‘rtasidagi nizolardan foydalandi, ularning ko‘pchiligini o‘z tomoniga 
og‘dirib oldi. Oqsuyak dеhqonlar, lashkarboshilar imtiyozlarini saqlashga alohida 
e’tibor berdi, ular o‘rtasida qon-qardoshlik va qarindosh-urug‘chilik aloqalarini 
o‘rnatishni har taraflama qo‘llab-quvvatladi. O‘zi bu sohada namuna ko‘rsatib, 
Tog‘shoda Buxorxudotning qiziga uylandi.
9
Va nihoyat Nasr ibn Sayyor moliyaviy 
islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra islom dinini qabul qilgan barcha kishilar juz’ya 
soliqlaridan ozod qilindilar va barcha musulmonlar huquq jihatdan tеnglashtirildi. 
Yer egasi esa qaysi e’tiqodda bo‘lishidan qat’i nazar, xiroj solig‘ to‘lashi shart 
qilib qo‘yildi. Albatta, Nasr ibn Sayyor davridagi o‘lka osoyishtaligi vaqtinchalik 
va nisbiy xarakterda edi. Xalifalikning sharqiy mustamlakalari hisoblangan O‘rta 
Osiyo hududlari erk va ozodlik uchun kurashga bеl bog‘lagan 
avlod-ajdodlarimizning ulug‘vor yangi chiqishlari arafasida turar edi. 

Azamat Ziyo. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi. – T.: Sharq, 2001 141-b


- 12 -

Download 233.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling