Microsoft Word asosij vositalar hisobi


BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga


Download 225.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana28.10.2023
Hajmi225.09 Kb.
#1731846
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
asosij vositalar hisobi168

3.BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga 
olish. 
3.1 IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISH 
 
Xozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishda yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqarishga 
keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Korxona mablag`larini ijaraga olish munosabatlari ham 
shular jumlasidandir. 
Ijara munosabatlarini mohiyati shundan iboratki, bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma 
asosida ishlab chiqarish vositalari, yer va boshqa mol-mulklarni maolum bir muddatga ijara 
to`lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara xaqi muhim rol o`ynaydi va 
ijarachi bilan ijaraga beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi. 
Asosiy vosita ijarasi bu, ijaraga oluvchining xo`jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi 


21 
uchun zarur bo`lgan asosiy vosita oboektlaridan foydalanishi yoki mulkchilik huquqiga ega 
bo`lishga asoslangan shartnomadir, Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o`rtasidaga o`zaro 
munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Shartnoma ijara xaqi miqdori, ijara muddati, 
tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo`yicha majburiyatlari xaqidagi to`liq, mag`lumotlarni 
o`zida mujassam etishi lozim. 
Ijaraning quyidagi turlari mavjud, 
Muddatiga ko`ra: 
1) uzoq, muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga; 
2) qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga. Mulkni topshirish shartiga ko`ra: 
1) moliyalashtirilgan; 
2) joriy. 
Moliyalashtirilgan ijara natijasida, ijaraga beruvchi odatda, shartnoma tuzilgan vaqtda 
berilayotgan mulkni joriy baxosidan ortiq yoki unga teng qiymatda oladi va ko`pchilik xollarda, 
topshirilgan mulk keyinchalik ijaraga oluvchining mulkiga aylantiriladi (shunday shart bilan 
ijaraga oladi). Bu asosan uzoq muddatli ijaraga xosdir. Ijaraga oluvchi asosiy vosita 
oboektlaridan shu oboektga bo`lgan vaqtinchalik ehtiyojini qondiradi. Mulkchilik huquqi esa 
ijaraga beruvchida saqlanadi. 
Ijaraga olingan asosiy vositalar buxgalteriya uchyotini ijaraga oluvchi 001-«Ijaraga olingan 
asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari schyotda, ijaraga olingan asosiy vositalarning har bir 
oboekti bo`yicha shartnomada aniqlangan baxoda amalga oshiradi. 
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi bilan joriy hisob-kitobni 76-«Har xil debitor va kreditorlar 
bilan hisob-kitob» sintetik schyotida yuritadi. 
Ijaraga oluvchi buxgalteriya provodkasini tuzadi. 

Download 225.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling