Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Avtomobil elektros-
tartyorlarini uyg‘otish va boshqarish usuli, yuritma mexanizmining turi va 
atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. 
Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil 
tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash 
bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin. 
Yuritma mexanizmlarni turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi 
guruxlarga ajratish mumkin: 
• yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda 
majburiy ravishda harakatlantirish
• shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxo-
vikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin 
shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish; 
• shesternyani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish; 
• shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel 
yakorini harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish. 
Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, 
asosan, yuritma shesternyasini elektromexanik usulda majburiy 
harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydigan 
startyorlar qo‘llangan (77-rasm). Bu turdagi startyorlarda dvigatel ishga 
tushgandan keyin teskari burovchi moment ta’sirida yakor o‘zaklari va 
cho‘lg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. 
Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni startyor 
yakoridan shesternya va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel 
ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish 
muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternyadan yakor valiga 
harakatni uzatmaydi. 
78-rasmStartyorning yuritmasi:
1-akkumulator batariyasi; 2-saqlagich; 3-kalit; 4-startyor relesi.


 126

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling