Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc
Akkumulatorlar batareyasini belgilash
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Akilov 2012yil (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich).
Akkumulatorlar batareyasini belgilash. Akkumulator batareya-
larining tuzilishi va ko‘rsatkichlari ma’lum texnik talablarga javob berishi kerak va ular shu talablarga mos ravishda belgilanadi. Akkumulator batareyasining belgisidagi birinchi son (3 yoki 6) ketma- ket ulangan akkumulator elementlarining sonini bildirib, u akkumulator batareyasining nominal kuchlanishini (6 yoki 12 V) ko‘rsatadi. ST harflari akkumulatorni startyor akkumulator batareyasi ekanligining belgisidir. Keyingi sonlar akkumulatorni 20 soatli tartibotda razrad qilingandagi nominal sig‘imini (“A soat” da), harflar-qobiq materialini (E-ebonit, T-termoplast, P-polietilen), separatorlar materialini (M- miplast, R-mipor, P-plastipor, S-shisha paxta) bildiradi. Akkumulator belgisida qo‘shimcha harflar bo‘lishi mumkin, masalan: 119 A - umumiy qopqoqli; N - quruq-zaradlanmagan; Z – “xizmat ko‘rsatilmaydigan”, elektrolit quyilgan va to‘la zaradlangan. O‘zDEUavto avtomobillariga o‘rnatilgan akkumulatorlarni ishlatishning o‘ziga xos tomonlari. O‘zDEUavto avtomobillarining barchasiga (MATIZ, DAMAS, NEKSIA) xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy qopqog‘i germetik yopilgan holda tayyorlangan. Ish jarayonida batareyada oz miqdorda hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun qopqoqning yon tomonida ikkita shamollatish tuynugi qoldirilgan. O‘zDEUavto avtomobillarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarga ko‘ra ularga o‘rnatilgan akkumulatorlar ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan tavsiflanadi: a) elektr sig‘im (RC kursatkich); b) razrad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich ). Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich). Akkumulator batareyasining elektr sig‘imi (RC ko‘rsatkichi) generator ishdan chiqqanda, avtomobilni kechasi, yoritish moslamalari minimal darajada ulangan holda, qancha vaqt davomida harakatlanishi mumkinligini belgilaydi. Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich)ning o‘lchov birligi minut bo‘lib, u atrof muhit harorati 27 0 C bo‘lganda, to‘la zaradlangan batareyani 25A tok bilan razrad qilinganda, uning qisqichlaridagi kuchlanishni 10,5V gacha pasayishiga ketgan vaqt bilan aniqlanadi Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling