Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


 Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

6.3. Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar 
Avtomobillarning harakat xavfsizligini, ayniqsa kunning qorong‘u 
vaqtida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda ko‘p jihatdan yorug‘lik 
asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni 
yoritish avtomobil gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish, 
haydovchiningmo‘ljallangan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida 
darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov 
asboblari, yukxona va dvigatel bo‘linmalarini yoritish uchun xizmat qiladi.
Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik 
darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik sistemasi 
lampa, nur qaytargich va nur taratgichdan iborat.
Yo‘l patrul xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush hodisa-
larning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni 
tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni 
avtomatik rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko‘p fokusli), ellipssimon va 
tumanga qarshi faralar, galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy 
qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida 
yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va 
boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarning ishlatish mo‘ljallanmoqda. 
Faralar. Lampa yorug‘lik manba vazifasini bajaradi. Nur qaytargich 
paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik burchak ostida chiqqan yorug‘lik 
oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi. Tiniq materialdan 
tayyorlangan, ikki yuzida linza va prizmalarga ega bo‘lgan nur tarqatgichda 
yorug‘lik oqimi vertikal va gorizantal tekislik bo‘yicha qayta taqsimlanadi. 
79-rasm. Yevropa yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik tizimlarda nur 
tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi;2-yaqinni yoritish 
tolasi;3-ekran

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling