Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Muhim bir eslatma Musulmon ayollarning ba’zilari odatlari to‘xtagach, namoz o‘zlariga qarz bo‘lmaydi deb o‘ylaydilar va qachon g‘usl qilsam o‘sha vaqt namoz menga farz bo‘ladi, men ham o‘shandan so‘ng namozlarimni o‘qiy boshlayman, deydilar. Holbuki, bir ayolning odati 8 kun bo‘lib, masalan, juma kuni peshindan so‘ng odati to‘xtasa, agar asr namozining vaqtiga qadar yuvinmoq va namozni o‘qimoq mumkin va vaqtga uyg‘un bo‘lsa, o‘sha kunning peshin namozi o‘sha ayolga qarz, ya’ni, farz bo‘ladi. Bu namozni o‘sha vaqtda o‘qiy olsa, qanday yaxshi, lekin vaqt borida, ya’ni, zamon musoyid paytida yuvinmasdan namozni qazoga qoldirsa, gunohkor bo‘lishi bilan birga o‘sha namozni so‘ngra qazo qilib o‘qish u xotinga (ayolga) farz bo‘ladi va namozni vaqtidan uzrsiz o‘tkazgani uchun tavba qilishi kerak. Eng to‘g‘risi barcha musulmon erkaklar va bilxossa, bu tozalikka ko‘proq muhtoj va majbur bo‘lgan musulmon ayollari uzr va rohatsizliklari bitishi bilan shar’iy bir to‘siq bo‘lmasa, darhol yuvinishlari kerakki, bu farzdir. Hayzi 10 kundan ozroqda, nifos qoni 40 kundan kamroqda to‘xtagan ayolning yuvinmagunicha yoki bir vaqt namozni o‘tamagunicha jimo’ qilishi halol emasdir. Vaqt o‘tsa haloldir, hayz 10 kundan so‘ng davom etsa ham hukman toza va junub hukmidadir. Ya’ni, hayz qoni to‘xtagan, faqat yuvinmaganlikdan junub hukmida bo‘lganidan jinsiy munosabat haloldir. Ammo g‘uslsiz namoz mumkin emasdir. Odat kunlari ma’lum bo‘lgan ayolning hayzi odatidan ozroq bir muddatda to‘xtasa, yuvingan bo‘lsa ham jinsiy munosabat halol bo‘lmaydi. Zero, odat kunlarida hayzning yana kelish ehtimoli ko‘proq. Bunday ayol yuvinib, namozini mustahab vaqtiga qoldirishi vojibdir. Ammo hayz odatining tamomida to‘xtasa, mustahab vaqtga kechiktirishi Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 29 mustahab bo‘ladi. Hayz odatning me’yoriy vaqtida to‘xtasa, jinsiy munosabat, hatto yangi hayz ko‘rganlardan bo‘lsa ham darhol halol bo‘ladi. Hayzi odatning me’yoriy vaqtida to‘xtaganida bir namoz vaqti o‘tsa va namoz bo‘yniga qarz bo‘lganida toza hisoblanib, junub hukmida bo‘lgani uchun yuvinmasa ham, eri u bilan jimo’ qilsa halol. Masalan, peshindan avval yoki peshinning boshlanishida hayzdan to‘xtasa, asr vaqti kirmaguncha jimo’ halol bo‘lmaydi. Chunki, peshin vaqtining so‘nggida bir namoz miqdori o‘tishi bilan namoz ayolning bo‘yniga burch (qarz) bo‘ladi. Namoz bo‘yniga qarz bo‘lishi bilan ayol hukman pok hisoblanadi. Junub hukmidadir. Va jimo’ halol bo‘ladi. Shuningdek vaqtning so‘nggida to‘xtab, hayz to‘xtashi bilan asr vaqti orasida bir namozlik fursat qolsa, asr vaqti kirgach (jinsiy) munosabat joiz. Ikki vaqt orasida (namoz o‘qiydigan miqdordan) ozroq fursat qolsa, quyosh botmaguncha munosabat halol bo‘lmaydi. Chunki faqat asr namozi quyosh botishi bilan ayolga qarz bo‘lgandir. Ayolning qoni to‘la 10 kunda to‘xtasa, yuvinmasdan erining unga yaqinlik qilishi halol bo‘ladi. Musulmon bir erkak g‘ayri muslim bir ayolga uylansa, hayzli va nifosli kunlarida o‘sha xotin bilan munosabat (jimo’) qilishi musulmon erkakka taqiqlangandir. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling