Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Hayzli va nifosli ayol shunday holda ekan, gunoh bo‘lgani holda sajda oyati o‘qisa yoki
boshqasidan
sajda oyatini eshitsa, o‘ziga sajda vojib bo‘lmaydi.
Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayolning Qur’onga qo‘l tekkizishi harom
Bundaylar Qur’on sahifalarini cho‘p bilan ochishlari yoki tartibga keltirishlari mumkin.
Bundaylarning Qur’onga qo‘l tekkizmoqlari u lavhada,
parchada, taxtada yoki devorga
yozilgan bo‘lsa ham joiz emas. Bu yozuvlarga qo‘l tekkizmaydi,
hamda bunday holatda
oyat ko‘chirmaydi.
Faqat Mushaf (Qur’on) jildiga yoki oq joyiga qo‘l tekkizish; ba’zilar fikricha ta’qiqlangan,
ba’zilar fikricha joiz bo‘lsada, ta’qiqlangani hurmatga loyiq. Sahih bo‘lgani
ta’qiqlanganidir.
Qur’onni faqat xalta, sumka kabi alohida g‘iloflar ichida qo‘lga olish mumkin.
Jildiga
yopishgan bo‘lsa, mumkin emas. Sahihi shu, fatvo shunga ko‘ra, chunki jild Mushafga
tobe’dir.
Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar agar Qur’onni
yonishdan, suvlarda oqib yoki
cho‘kib ketishidan saqlash yoki go‘dakning qo‘lidan olib qo‘yish uchun qo‘l tekkizishlari
mumkin.
Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar Qur’ondan
tashqari Tavrot, Zabur va Injil
o‘qishlari ham makruh. Bularning bari Alloh kalomi, o‘zgartirilgan joylari ma’lum emas.
Bunday ayollar Qur’onga qarasalar makruh emas. Chunki, junublik ko‘zning
ishi emas,
demak duo ham makruh emas. Uyda o‘qilgan Qur’on va xatmlarni tinglashlari mumkin,
qo‘l tekkizmasdan ko‘z bilan ta’qib etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: