Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Hayzli va nifosli ayollar Ka’bani tavof qilolmaslar
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Hayzli va nifosli ayollar Ka’bani tavof qilolmaslar
Hayzli va nifosli ayolga tashqaridan bo‘lsa ham Ka’bani tavof qilish harom. Hayzli va nifosli ayolga xoh hajning farzidan bo‘lgan ziyorat tavofi bo‘lsin, xoh nafl tavof bo‘lsin Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 23 haromdir. Hatto Masjidi haramga kirib tavofni boshlagach, odati boshlansa ham Ka’ba tavofi halol emasdir. Ka’ba tavofida pok bo‘lmoq vojibdir. Hayz holida bo‘lgan ayol tavofdan boshqa hajning barcha ruknlarini bajarishi mumkin. Hajning farzlaridan bo‘lgan ziyorat tavofini majburiy o‘laroq hayzdan tozalanguncha kechiktiradi. Zero, bu tavofni ma’naviy nopoklik holida bajargan ulkan gunoh orttirgan bo‘ladiki, bir tuya yoki sigir kabi katta mol qurbon qilishi zarur. Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqdik. Maqsadimiz haj qilmoq edi. Sarif degan joyga borganimizda hayz bo‘ldim. Yig‘larkanman Rasululloh (s.a.v.) yonimga kirdilar va: – Nima qildi, hayz bo‘ldingmi?, – deb so‘radilar. – Ha, – dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): – Bu, Alloh taolo ayollarga xos qilgan bir xususiyat. hajning Baytulloh tashqarisidagi barcha talablarni o‘rinlat,– dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keyinroq xotinlari uchun bir sigir qurbon qildilar”. Bir ayol oy ko‘rgan (hayz) holida ehromga kirarkan, haj sunnatlaridan bo‘lmish g‘usl qilishi mumkin. Zero, bu g‘usl vujud pokligi uchundir. Nifos (nifosli) bo‘lsa ham g‘usl qiladi. Faqat Masjidi Sharifga kirishi joiz emas, tavofni kechiktiradi. Bu mavzuda hazrati Oyshadan (r.a.) qilingan rivoyatlarda aytiladi: “Umays qizi Asmo Muhammad ibn Abu Bakrni (haj yo‘lida) Zulxulayfaga yaqin Hudaybiya sulhi (bitimi) tuzilgan daraxt yonida tug‘di. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Bakrga Asmo g‘usl etib, shundayligicha talbiya aytishini amr etdilar”. Bir ayol farz bo‘lgan bu ziyorat tavofini qilgach, oy ko‘rsa, undan (zimmasidan) vido – ayriliq tavofi tushadi. Va tark etgani uchun hech narsa lozim emas. Bir ayol hayit (bayram) kunlarida ziyorat tavofini yoki uning ko‘pini bajaradigan vaqt toza bo‘la turib, tavofni tark etadigan bo‘lsa, o‘sha ayol jazo (kafforat) sifatida bir qurbonlik qilishi lozimdir. Agar qurbon xayitining birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari poklanmagan bo‘lsa, tavofni keyinga qoldirgani sababli o‘ziga hech narsa lozim emas. Shu bilan birga, agar haj farzlaridan bo‘lgan bu tavofni yoki uning ko‘pini bajaradigan qadar muddat toza bo‘lgan bo‘lsa va o‘sha kunlarda bu tavofni qilmagan bo‘lsa, kechiktirganligi sababli bir qo‘y yoki bir echki qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, vojibni uzrsiz tark etmoqda. Agar ayol ehromdalik paytida odat ko‘ra boshlasa, g‘usl etadi va hajning barcha ruknlarini erkak kabi bajarishi mumkin, faqat bu holda (hayzli) ziyorat tavofini ado etolmaydi (keyinga qoldiradi, kechiktirgani uchun qurbonlik qilishi ham lozim emas). Kechiktirishga to‘siqlar – sabablar bo‘lsa, masalan, hajga birga borgan safardoshlari kutmasdan ketadigan bo‘lsalar, mone bo‘lgan taqdirda tavofni ado etib, jazo sifatida bir tuya qurbon qilishi mumkin. Tavba qilib, istig‘for aytadi yoki ziyorat tavofini keyin qiladi. Makka xalqidan bo‘lmay, boshqa yerdan kelgan ayol hajga kelib, ehromdan va Arofatda vaqfadan so‘ng hayz ko‘rib, ziyorat tavofini qilmay hayz uzayganidan Qurbon hayitining to‘rtinchi kuni ham o‘tib, tozalanmaganidan tavofni qilmasdan mamlakatiga ketsa, ayolning haji tamom bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling