Ona tili fanidan sinov testi
Download 28.18 Kb.
|
Ona tili fanidan sinov testi 11
Ona tili fanidan sinov testi 1. Poyingda shu jannat tufroq istiqlol, Boshingda bulutsiz samo hurlikdir, Beshigingda chaqnab yotar istiqlol Mustaqillik tili, dili birlikdir. She’riy parchada ismlar guruhiga kiruvchi yasama so’zlar necha xil so’z turkumiga oid? A)3 B) 2 C)4 D) 1 2. Qaysi so’z tarkibi asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+ sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashmagan? A) anglaganim B) qorayishning C) sovitkichlarni D) ekinlarga 3. Sayohatga bugun tushdan keyin mashinada jo’naymiz. Mazkur gap haqida berilgan noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Gapda faoliyat-jarayon oti hol vazifasini bajargan. B) Uyushib kelgan payt hollari kesimga to’g’ridan to’g’ri tobelanib kelgan. C) Gapda vazifadosh ko’makchi holni shakllantirib kelgan. D) Gapda 5 ta til oldi, jarangli, sonor, burun tovushi bor. 4. Qaysi undosh ham so’z yasovchi, ham lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha vazifasini bajara oladi? A) m B) k C) ng D) t 5. Qaysi gapda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) Zilola o’z tarjimayi holini yozib topshirdi. B) Bu masala hammani qiziqtirib qo’ymoqda. C) Yer quyosh atrofida aylanadi. D) U orzusidan qat’iy voz kechgan edi. 6. O’zbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirg’aluvchi undosh sanaladi? A) ikkitasi B) uchtasi C) to’rttasi D) bittasi 7. Quyida berilgan matndagi yasama so’zlar sonini toping. O’z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob- havoning o’zgarishiga qarab almashtirilsa. A)6 B)7 C) 8 D)5 8. Biroz yurishgandan so’ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so’rabdilar. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan. B) Gapdagi barcha fe’llar o’timsiz fe’llar sanaladi. C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar sanaladi. D) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan. 9.Mehmonlarning quvnoq qahqasini eshitgan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochilib ketdi. Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A)1 B) 2 C) 3 D)4 10. Boshni ishlatsang, albatta, pul topishning oson yo’llari bor o’g’lim! Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan? A)Metafora B)Metonimiya C)Sinekdoxa D) Vazifadoshlik 11. Qo’shma gapning ikkinchi qismida qo’llanadigan bog’lovchilar qatorini aniqlang. A)toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti B) chunki, negaki, goh… goh, balki, mabodo C)chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni D)ammo, lekin, agar, chunki, negaki Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling