Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ziynatlarini ochmasinlar”
ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi
emaslar!” (Mo’minun surasi, 5-6-oyatlar). Ayolning ayolga nisbatan avrati Ayollarning ayollarga nisbatan avrati erkaklarning erkaklarga nisbatan avrati kabidir, kindikdan tizza ostiga qadar. Shunga ko‘ra, bir ayolga boshqa bir ayolning kindigidan tizzasi ostigacha bo‘lgan a’zolariga qarash haromdir. Bundan tashqari joylarga qarash mumkin. Ayolning erkaklarga nisbatan avrati Sahih (ishonchli) qarashga ko‘ra, ayolning erkakka nisbatan avrati butun vujudidir. Shofe’iy va Hanbaliylarning qarashi shunday. Hatto imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bu xususda: “Ayollarning butun vujudi avrat bo‘lganidek, tirnoqlari ham avratdir”, deganlar. Imom Abu Hanifa (r.a.) va Imom Molik (r.a.) fikriga ko‘ra, ayolning qo‘llari va yuzidan tashqari butun vujudi avratdir. Ushbu qarashlarning o‘ziga xos dalillari bor, shular xususida bir oz to‘xtalamiz: Hanafiylar va molikiylarning dalillari: hanafiylar va molikiylarning yuz va qo‘llarning avrat emasligi quyidagilar: “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyati yuz va qo‘llarning ochiq bo‘lish zaruratiga, ularning avrat emasligiga ishorat etmoqda. Bu qarash ba’zi sahobiy va tobeinlarda ham rivoyat etilgan. Haqiqatda, Said ibn Jubayr (r.a.): “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyatidan maqsad “yuz va qo‘llardir”, deganlar. Shu yerda nega bizning diyorda momolarimiz paranjida yurishgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. O‘sha davrda ayollar goh sachvonlarini tushirib, goh ochib yurishgan, masalan Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 12 bozorlarda ochishgan. U davrlarda zamon notinch, tez-tez urushlar bo‘lib turgan. Ayollarning yuzlarini yopib yurishlari ularni ana shunday vaziyatlarda ozor topmasliklari uchun, ularni asrash uchun bo‘lgan. Osuda paytlarda esa yuzni ochib yurishlariga shariat qarshilik ko‘rsatmagan. Shofe’iy va hanbaliylarning dalillari: shofe’iy va hanbaliylarning yuz va qo‘llar avrat ekaniga dalillari Kitobdagi: “Ziynatlarini ochmasinlar” oyati. Bu oyati karima ziynatlarni ochishni harom qilgan. Ziynat ikki xildir – biri yaratilishdan bo‘lgan ziynat, ikkinchisi esa erishilgan ziynat. Yuz yaratilishdan bo‘lgan bir ziynatdir. Hatto go‘zallikning asli fitna va fasod manbaidir. Erishilgan ziynat esa kiyilgan go‘zal libos, taqinchoqlar, ko‘zga surilgan surma, qo‘lga qo‘yilgan xinaga o‘xshash narsalardir. Oyati karima ayollarga qaydsiz, shartsiz ravishda erkaklarga a’zolarini va ziynatlarini ochishni ta’qiqlaydi, harom qiladi. Shofe’iy va hanbaliylar fikriga ko‘ra, “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” ifodasidan maqsad, qasdsiz o‘z-o‘zidan, ya’ni, ixtiyorsiz ochilgan qismidir. Masalan, shamol ayolning yopinchig‘ini, ro‘molini ko‘tarib ochib yuborishi. Chunki oyat ma’nosi: “Ayollar ziynatlarini qat’iyan ochmasinlar. Ochgan taqdirda tanqid etiladi. Qasdsiz o‘z-o‘zidan, shamol kabi ixtiyorsiz narsalar sababi bilan ochilsa tanqid etilmaydi”. Shunday ekan, yuz-qo‘l ham ochilishi ta’qiqlangan ziynatlardandir. Yuz va qo‘lning avrat emasligini da’vo qilgan olimlar yuz va qo‘llarda hech bir ziynat ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib qo‘ymoqdalar. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling