Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


uning mashaqqatlariga bardosh qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. O‘zimiz seni


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

uning mashaqqatlariga bardosh qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. O‘zimiz seni 
rizqlantirurmiz. Oqibat sohiblari taqvodorlardir”. 
Ayni zamonda oyatda namozda davomli bo‘lgan, taqvo qilgan oilaning rizqi mo‘l 
bo‘lishiga ishorat bor. Tahoratli, namozli bir oila dasturxonidan baraka arimasligi 
shubhasizdir. 
Alloh hazrati Ismoil (a.s.) haqlarida marhamat qiladi: “Kitobda Ismoilni ham esla. 
Chunki, U ahdiga vafo qilguvchi. Biz tarafdan yuborilgan bir payg‘ambar edi. 
Oilasiga namoz o‘qishni, zakot berishni amr etardi. Parvardigori huzurida xush 
ko‘rilganlardandir”. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Alloh tunda turib namoz o‘qigan, oilasini 
ham ogohlantirib namoz o‘qishga sabab bo‘lgan kishiga marhamati bilan muomala qilsin. 
Agar oilasi turishni istamasa, yuziga suv sepsin. Alloh tunda turib namoz o‘qigan, erini 
ham ogohlantirib, namoz o‘qishga da’vat qilgan ayolga marhamati bilan muomala etsin. 
Agar eri turishni istamasa, yuziga suv sepsin”. 
Musulmon erkak ayolini Alloh farz qilgan ibodatlarga va din ilmini o‘rganishga chaqirib, 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
o‘zi bilsa o‘rgatishi kerak, bilmasa muallima topib o‘qittirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ayolning o‘zi erining ruxsati bilan o‘ziga farz qilingan ilmlarni borib o‘rganishi mumkin. 
 
Ota-onani ziyorat qilmoq 
Dinimiz avvalo ota-onaga silai rahm qilishlikni va qarindosh-urug‘larni borib ko‘rishlikni, 
agar ular muhtoj bo‘lsalar, imkon qadar jonlari va mollari bilan yordam berishlikni 
buyuradi. Shuning uchun ayol haftada yoki 15 kunda bir ota-onasini va avvalgi eridan 
bo‘lgan bolalarini ziyorat qilishi kerakki, eri bunga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Qur’oni 
Karim shunday ta’lim beradi: “Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat 

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling