Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
qilishlari uchungina yaratdim”
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
qilishlari uchungina yaratdim” (Vaz-Zoriyot surasi, 56-oyat).
Haqiqatni his etgan musulmon ayol umrini, vaqtini behuda sovurmaydi. Uni munosib va muvofiq kechirishni o‘ylaydi. Barcha iymonlilar shunday ekanini biladi. Shu sababli iymonli insonlar Allohga bandalikni qanday amallar bilan ifoda etish zaruratini tushunadilar. Mo‘min ayol qiladigan har qanday ishdan maqsad – Allohning rizoligiga sazovor bo‘lish va shu niyatning qalbida ustivorligi va buyukligini his etib yashash. Endi musulmon ayollarga ibrat bo‘ladigan, maqsadidan qaytmaydigan, niyatidan Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 67 adashmaydigan, uzoqni ko‘ra bilgan, turmushdosh tanlashda yanglishmagan ba’zi buyuk ayollarimiz hayotidan misollar keltiramiz. Bularning boshida Mulxon qizi Ummu Sulaym turadi. U madinalik, Ansor ayollari ichida eng avval islomni qabul qilganlardan. Nadr o‘g‘li Molik bilan turmush qurgan edi. O‘g‘li Anas shu eridan. Ummu Sulaymning musulmon bo‘lishi erini norozi qildi va xafa bo‘lib tashlab ketdi. Lekin Ummu Sulaym musulmonlikdan qaytmadi. Dinida sobit qoldi. Biroz muddatdan so‘ng eri o‘lganini eshitdi. Ummu Sulaym u chog‘lar yosh ayol edi. Shunga qaramasdan Alloh yo‘lida harakatlandi. O‘g‘li Anasning yoniga bordi. Anas 10 yoshlarda edi. O‘g‘lini hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xizmatlariga berdi. Bu orada Madinada kuch-quvvat va boylikda peshvolardan, husn-tarovati va xulqi yaxshi bo‘lgan bir yigit uni so‘rab keldi. Bu Abu Talha edi. Hali musulmon emasdi. Ummu Sulaymga uylanishni istardi. Kuchli, boy, kelishgan Abu Talhaga madinalik har bir yosh qiz turmushga chiqish orzusida edi. Vaziyat shunday bo‘lgach, taklif aytilishi bilanoq Ummu Sulaym rozilik bilan darhol qabul etishi kutilardi. Lekin ne holki, Abu Talha hech kutmagan so‘zni undan eshitib, hayajonga tushdi. Ayol shunday dedi: – Ey, Abu Talha! Bilmaysanmi, sen topinayotgan “iloh” tuproqda o‘sgan bir daraxt va bu yog‘ochni habash bir kishi yo‘nmadimi? Abu Talha: – Ha, shunday,-dedi. Ummu Sulaym davom etdi: – Sen tuproqda bitgan bir o‘tinga, taxta parchasiga sajda qilmoqdan uyalmaysanmi? – Senga qimmatli boylik va mahr beraman, dedi Abu Talha baxtiyor va shod yashashidan kibrlanib. Ummu Sulaym maromini buzmasdan qat’iyat bilan aytdi: – Ey, Abu Talha! Senday erkaklar ortga qaytmaydilar, past ham ketmaydilar. Faqat sen kofir bir odamsan, men esa musulmon bir ayolman. Agar musulmonlikni qabul etsang, sening musulmon bo‘lishing – mening mahrim bo‘ladi. Sendan bundan boshqa boylik istamayman. Abu Talha ikkinchi kun ham keldi. Bu gal yana ziyoda boylik taklif etib, hamma imkoniyatlarni ishlatishga va’da berdi. Lekin Ummu Sulaym so‘zida sobit turdi. Uning bu saboti, Abu Talhaning ko‘z o‘ngida Ummu Sulaymni qiymatli qilib, yuksaltirib yuborgandi. Go‘zalligini, jozibasini, sabr-matonatini ko‘rsatdi. Yana Ummu Sulaym shunday so‘z boshladi: – Ey, Abu Talha! O‘zing bilasan, topinayotgan ilohlaring duradgorlar tomonidan yasalgandir. To‘g‘ri emasmi? Agar o‘t qo‘ysang yonib yo‘q bo‘ladi. Bu so‘zlar Abu Talhaning boshiga bosqon bo‘lib tushardi. Abu Talhaning tuyg‘ulari larzaga keldi va o‘z-o‘zidan shunday so‘radi: “Yagona iloh bo‘lgan Parvardigor yonadimi?”. Va tilidan shu so‘zlar to‘kildi: “Ashhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh (Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad Allohning Rasuli ekaniga guvohlik beraman!)” Shu onda so‘zlarni Abu Talhadan eshitib sevinch bilan mas’ud bir holda turgan Ummu Sulaym: – Ey, Anas tur, Abu Talhani uylantir, dedi. O‘g‘li Anas darhol turib, nikoh uchun guvohlarni boshlab keldi. Shu tariqa uylanish amalga oshdi. Abu Talha ham g‘oyat shod. Baxtiyor bo‘ldilar. Bu sevinch va mas’udlik ichra borlig‘ini Ummu Sulaymga sochmoqni istardi. Faqat ayol ehtiromli va iffatli mo‘min xotinlar kabi turib shunday dedi: – Ey, Abu Talha! Men sen bilan Alloh uchun turmush qurdim. Shuning uchun, boshqa mahr kutmayman! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling