Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Ayol erining sevinchiga, g‘am-qayg‘usiga sherikdir
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Ayol erining sevinchiga, g‘am-qayg‘usiga sherikdir
Erning ko‘nglini olguvchi, ko‘zlarini quvnatguvchi musulmon ayol erining baxtli va baxtsiz kunlarida yonida turadi, sevinsa sevinchiga, g‘am cheksa qayg‘usiga sherik bo‘ladi. Yaxshi-yomon kunlarini birga baham ko‘radi. Juftiga kundalik ishlarida yordamchi bo‘ladi. Masalan, o‘qib-o‘rganish, bahsli masalalarni birga hal etish kabi foydali hodisalarni va o‘zaro nasihatlarni tinglamoq kabi hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishda ham er yolg‘iz emasligini shunday qilib his etadi. Juftining baxtiyor va ishonchli ekaniga iymoni komil bo‘ladi, tushunadi. Haqiqatda, hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Oysha (r.a.) bilan musobaqalashganlari eng ochiq dalildir. Mana shu juftning hayot go‘zalliklaridan birga bahramand bo‘lishlari shod-mas’ud yurishlarini, bir-birlariga mehr-muhabbat, hurmat- ehtirom bilan yaqin bo‘lmoqlarini yanada ziyoda qiladi. Bir-biriga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlaydi. Ayol qadru-quvonchlarida eri bilan qanchalik birga bo‘lsa, totli so‘zlari, to‘g‘ri-o‘rinli qarorlari bilan ham shunchalik juftining ko‘nglini ochadi va ovlaydi. Unga haqiqat, yaxshilik va go‘zallikni ko‘rsatadi. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Ayol eridan boshqaga boqmaydi Yetuk musulmon ayol faqatgina eriga qaraydi, mahramlaridan tashqari erkaklarga ahamiyat bermaydi. Chunki u bu mavzuda Allohning quyidagi oyatiga quloq soladi: “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar ...” (Nur surasi, 31-oyat). Musulmon ayol begona erkaklarga boqishdan uzoq turishi kerak. Aks holda yengil tabiatli bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Vaholanki, erkaklar ayollardan hamiyat, iffat va odob izlaydilar. Omonatni saqlaydigan, pok tushunchali va yaxshi niyatli ayollar yetuk musulmon ayoldirlar. Yetuk musulmon ayol eriga tanishi yoki dugonasini vasf etmaydi, ta’riflamaydi. Chunki, hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlari kabi bu islomda taqiqlangandir: Ayol ayolga yalang‘och badanini ko‘rsatmasin. Toki keyinroq eriga o‘sha yalang‘och ayol xususiyatlarini eri ko‘z oldiga keltiradigan holda sifatlab aytib bermasin”. Chunki Islom vijdonlarni qarorli, ko‘ngillarni sokin, tushuncha, xayol va xotiralarni ham chegarali bo‘lishini istaydi. Shu tariqa inson umr bo‘yi huzurli, xotirjam, mas’ud bo‘lishini, aqli keraksiz va ortiqcha narsalarga bog‘lanmasligini amr etadi. Ne uchun yaratilgan bo‘lsa, ish yo xizmat o‘laroq o‘sha narsalar o‘zi uchun osonlashtirib taqdim etilgandir. Shuning uchunki, er xotinidan boshqa ayol haqida eshitib fikri bo‘linib, sarosima bo‘lmasin. Chunki xayol jihatidan erkak bunday bir vaziyatga yanglish tushishi mumkin, huzurini yo‘qotishi, xato yo‘lga kirib qolishi, fitna va zalolatga ketib qolishi mumkin. Aynan yaxshi juft bu xususiyatlarda juda ham e’tiborli va talabchan bo‘lib harakat qiladi, juft sifatida burchini go‘zal bir shaklda ado etadi. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling