Microsoft Word Aytmatov qorayev chingizxon turklib uz rtf


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#267783
  1   2   3   4   5
Bog'liq
attachment(4)



 

 

 

 

 

 

 

CHINGIZ AYTMATOV 

 

CHINGIZXONNING OQ BULUTI 



 

Qissa 

 

Suyun Qoraev tarjimasi 



 

Asar  haqida 

 

«Chingizxonning  oq  buluti»  —  Chingiz  Aytmatovning  «Asrga  tatigulik  kun» 

romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum 

bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi. 

«Chingizxonning  oq  buluti»  qissasida  ikki  yo‘nalish  –  bir  tomondan  pok  qalbli 

Abutalip  bilan  beshafqat  Tansiqboev  o‘rtasidagi  murosasiz  to‘qnashuv,  ikkinchi 

tarafdan  esa,  dunyoni  larzaga  keltirgan  Chingizxonning  fojiasi  bir-biri  bilan 

botiniy bog‘lanib ketgan. 

Chekist  Tansiqboev  begunoh  Abutalipni  Yugoslaviyada  partizanlar  harakatida 

ishtirok  etganlikda,  eski  xalq  adabiy  meroslarini  yig‘ib  yurganlikda  ayblaydi. 

Biroq  Abutalip  hayoti  har  qancha  xavf  ostida  bo‘lsa  ham  bosh  egmaydi.  Chin 

inson  or-nomusini  Tansiqboev  kabi  hayvontabiat  manqurtlarning  oyoq-osti 

qilishiga  imkon  berish  —  insoniyat  oldida  gunohi  kabira  ekanligini  yaxshi 

tushunib yetadi. 

Chingizxon – tarixiy shaxs, o‘z davrining farzandi. 

Chingiz  Aytmatov  o‘z  qahramonining  tabiati,  xarakteri  bolaligidanoq  shakllana 

boshlaganiga  urg‘u  beradi.  Chingizxon  hali  Temuchin  deb  atalgan  bolalik 

chog‘idayoq,  boshqalardan  o‘ch  olishni,  hammani  og‘ziga  qaratishni  xush 

ko‘rardi. U suvdan tutilgan baliqni talashib, o‘zining ukasi Bekterni o‘q-yoy bilan 

otib  o‘ldirib  qo‘yadi.  Yozuvchi  qonxo‘r  jahongir  tabiatining  ildizlarini  ochib 

berishni  maqsad  qilib  qo‘ygan.  Bolaligidanoq  toshbag‘ir  bo‘lib  o‘sgan,  hech 

kimga yaxshilik ravo ko‘rmaydigan kishidan ezgulik kutib bo‘larmidi? 

Chingizxon  ulkan  jahongirlik  janglariga  ikki  yil  tayyorgarlik  ko‘rdi.  Oilaviy 

qo‘shinlarga «jangu jadallar nihoyasiga yetmaguncha ayollar tug‘masin» degan 

qahrli farmon berildi. 

Yangi  qissaning  badiiy  ahamiyatini  ko‘targan  voqealardan  e’tiborlisi  — 

lashkarboshilardan  biri,  yuzboshi  Erdene  bilan  qo‘shin  tug‘lariga  gul  tikadigan 

kashtado‘z  Do‘g‘ulangning  ayanchli  fojiasidir.  Hokimiyatning  kuch-qudrati, 


zabtidan  ikki  yosh  oshkora  oila  qurishga  muyassar  bo‘la  olmaydi.  Lekin  baribir 

Chingizxonning  farmoni,  buyrug‘i  ikki  qaynoq  qalbning  muhabbati  qarshisida 

ojiz edi. 

Chingizxon  ikki  olov  orasida  qoldi  —  bir  ayol  tug‘ib  qo‘yibdi,  deb  yurishni 

to‘xtatish  kerakmi  yoki  farmoni  oliyni  oyoqosti  qilganlarga  o‘zining  qahrini 

ko‘rsatib,  beandishalarni  qattiq  jazolash  lozimmi,  degan  savol  qiynar  edi  uni! 

Osmonda  esa  oq  bulut  hamon  falak  kezmoqda.  Uni  hech  kim  payqamaydi, 

payqasa  ham  e’tibor  bermaydi  unga,  bu  —  Chingizxonning  shaxsiy  buluti 

ekanligini  kim  biladi  deysiz.  Bu  —  xudoning  qudrati,  sevgan  bandasiga  ravo 

ko‘radi buni. 

Erdene  bilan  Do‘g‘ulangning  qochish  to‘g‘risidagi  rejasi  barbod  bo‘ladi. 

Do‘g‘ulang chaqalog‘i bilan qo‘lga tushadi. Endi Erdene nima qilishi kerak? 

Do‘g‘ulang  chaqaloqni  oxirgi  marta  emizishga  ulgurdi.  U  har  qanday  yo‘l  bilan, 

hatto  o‘zini  ajal  tig‘iga  urib  bo‘lsa  ham,  Erdenening  jonini  saqlab  qolsa  bas. 

Keyinchalik ota-bola bir iloj qilib topishib ketar! 

Lekin  Do‘g‘ulangning  aytgani  bo‘lmadi.  Hammaning  ko‘z  o‘ngida,  otasiz 

haromzoda  tug‘ib  olganiga  iqror  bo‘lib  butun  jinoyatni  o‘z  gardaniga  olgan 

sevgilisining  jon  azobida  qiynalayotganini  ko‘rgan  mard  zobit:  «Mana  men! 

Chaqaloq  mening  o‘g‘lim!  Hg‘limning  oti  G’unon!  Onasining  ismi  Do‘g‘ulang! 

Men  lashkar  yuzboshisi  Erdene  bo‘laman!»  deb  o‘rtaga  chiqadi.  Erdene  bilan 

Do‘g‘ulangning qo‘llarini orqasiga mahkam bog‘lab, cho‘kib yotgan tuyaning ikki 

yoniga  olib  borishdi-da,  o‘rkach  orqali  osilgan  arqonning  ikki  uchidagi  ilmoqni 

ikkalasining  bo‘yniga  solib,  tuyani  urib-zo‘rlab  turg‘azishdi.  Shunday  qilib,  ikki 

yosh inson tirik dorning ustida xurjun kabi osilib jon taslim qildi. 

Yeru  ko‘kni  larzaga  solgan  qo‘shinlar  hech  narsani  bilmaganday,  cho‘lu 

biyobonlarni  ortda  qoldirib,  olg‘a  tomon  yurib,  bosqin  yo‘lini  davom  ettirdilar. 

Falokat  ro‘y  bergan  joyda  Do‘g‘ulangning  dugonasi  Oltun  norastani 

quchoqlaganicha qolaverdi. Qorni ochiqqan go‘dak dala-dashtni buzib dod solib 

yig‘layveradi.  O’shanda  mo‘‘jiza  ro‘y  beradi  —  ularning  tepasiga  oq  bulut  kelib 

soya  soladi,  umrida  bola  emizmagan,  turmushga  chiqmagan  qari  qizning 

ko‘kragidan  sut  kela  boshlaydi.  Bu  —  xudoning  o‘z  sevgan  bandalariga 

mehribonligi emasmi? 

Abutalipning taqdiri ham fojiali tugadi — qiynoq, azob-uqubat, tahqir-xo‘rliklarga 

bardosh bera olmay o‘zini poezd tagiga tashladi. Abutalip o‘z joniga qasd qilib, 

ko‘plab begunoh kishilarning hayotini saqlab qoldi. 

Chingiz  Aytmatov,  butun  borlig‘i  boshdan-oyoq  fojialardan  iborat  bo‘lib  qolgan 

onlarda odam o‘zini qanday tutishi kerak — degan murakkab masalaga yana bir 

bor murojaat qildi. 

«Chingizxonning oq buluti» qissasi «Asrga tatigulik kun» romaniga o‘rish-arqoq 

bo‘lib qo‘shilib ketdi. Abutalipning keyingi taqdiri ne kechdi ekan degan savolga 

javob  bo‘lib  tushdi.  Ayni  vaqtda,  uni  mazmun-mundarijasi,  tuzilishi,  yaxlitligi, 

qahramonlarining tabiatiga ko‘ra mustaqil badiiy asar deyish ham mumkin. 

“O’tar  qush  nolasi”  hikoyasi  tirik  mavjudotlardan  eng  vahshiysi  bo‘lmish  inson 

zotiga  noinsoniy  qilmishlari  uchun  tilga  kirgan  turnaning  (lisonut-tayr)  mudhish 

aybnomasi,  muallifning  yurakdan  chiqqan  faryodidir  –  unda  qirg‘izlarning 

bosqinchi  jung‘orlarga  qarshi  olib  borgan  hayot-mamot  janglaridan  biri  haqida 

so‘z boradi. 

Turnalar  galasi  har  yili  uzoq  safarga  otlanganda  qo‘nib,  dam  oladigan  joyini 

tanimay  qoladi:  “...  qayoqqa  qaramang  odamlarning  jasadlari-yu  otlarning 

o‘liklari  tog‘-tog‘  uyulib  yotar,  suv  keng  yoyilib  oqqan  joylarda  son-sanoqsiz 

murdalar  daryo  suvini  to‘sib  qo‘ygan  edi.  Qip-qizil  qon  aralash  suv  hamma 

yoqqa yoyilib, otlarning tuyoqlari ostida qon halqoblarini hosil qilgan edi... 


Jang tugagandan keyin u yerda quzg‘unlar bazmi boshlandi, o‘limtikxo‘r qushlar 

odam  go‘shtiga  to‘yishdi,  uchish  u  yoqda  tursin  qanotlarini  ham  qoqolmay 

qolishdi.  Jangdan  keyin  shaqollar  ziyofati  boshlandi  –  chiyabo‘rilar  odam 

go‘shtiga shu qadar to‘ygan ediki gavdalarini sudrab zo‘rg‘a ketishdi...” 

Turna  sheriklariga  murojaat  qiladi:  “Kechiringlar,  o‘tar  qushlar!  Bo‘lib  o‘tgan 

vahshiyliklar  uchun  kechiringlar,  bo‘lajak  vahshiyliklar  uchun  kechiringlar.  Bani 

odam  hayoti  nima  uchun  shunday  ekanini,  nega  zaminda  shuncha  ko‘p 

o‘ldirilganlar  va  o‘ldirilayotganlar  bo‘lishini  men  tushuntirib  bera  olmayman, 

sizlar tushuna olmaysizlar... 

Qushlar keting bu yerdan, bu mudhish joydan uzoq-uzoqlarga uchib keting”. 

Nega olamda odamlar bir-birlarini shu qadar ko‘p o‘ldirganlar va o‘ldirmoqdalar 

degan qadimiy savol hamon javobsiz qolmoqda. 

 

 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling