Microsoft Word Aytmatov qorayev chingizxon turklib uz rtf


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#267783
1   2   3   4   5
Bog'liq
attachment(4)

Bu dunyoni kim so‘raydi? 

Men so‘rayman. 

Gavhar qilib, oyni osmonga ilaman. 

Qarab tur! 



Men yetmagan joy qutulgaymi? 

Qolmas, qolmas! 

Qochib birov qutulganmi? 

Qutula olmas! 

Qarab tur! 

Biz ketsak-da o‘rnimizga 

Tag‘in yangi avlod yetur, 

Dunyoni tugal olib berganimga, 

Ot ustida o‘tkazgan bul umrimga, 

Olqish aytur, tahsin aytur, 

Qarab tur! 

 

Baxtga  qarshi,  xuddi  o‘sha  kuni,  tush  paytida  xonning  farmoni  oliylariga  zid 



o‘laroq  karvondagi  bir  ayolning  bola  tug‘ib  qo‘yganligi  haqidagi  xabar 

Chingizxon qulog‘iga yetdi. Bolaning kimdan bo‘lganligi ma’lum emas emish. Bu 

xabarni  ayg‘oqchi  Arasan  ko‘tarib  kepti.  Ko‘zlari  chaqnab  turgan,  charchash 

nima  ekanligini  bilmaydigan,  yerning  ostida  ilon  qimirlaganidan  xabardor  qizil 

yuzli ayg‘oqchi bu gal ham birinchi bo‘lib xabar keltirdi: «Janobi oliylari, mening 

burchim  bo‘lgan  gapni  senga  yetkazib  turishdan  iboratdir,  sening  farmoni 

oliyingga  qaramasdan  shu  voqeaning  sodir  bo‘lgani  rost».  Bu  jir  bosib 

ketganidan bo‘lsa kerak, xirillagan ovozda o‘z xabarini tugatdi ayg‘oqchi Arasan, 

shamolda  so‘zlari  yaxshiroq  eshitilsin  uchun  uzangisi  uzangisiga  tegadigan 

darajada xoqonga yaqin kelib. 

Chingizxon  ayg‘oqchining  gaplariga  ha  deganda  tushunavermadi,  so‘z  ham 

ochmadi.  Qoyalarni  o‘yib  tarixiy  so‘zlarni  yozdirish  fikri  bilan  band  bo‘lganidan 

noxush  xabarga  o‘sha  onda  ahamiyat  bermadi  ham.  So‘ngra  voqeaning 

mohiyatiga yetgach ichidan zil ketdi. Chingizxon o‘zini haqoratlangan sezib, jim 

qoldi,  alamini  qamchi  bosib  otidan  oldi.  Otning  shaxt  bilan  oldinga 

tashlanganidan  mo‘ynali  po‘stinining  barlari  hurkkan  qushning  qanotlari  kabi 

shamolda  lopillab  ketdi.  Xoqon  bilan  yonma-yon  ketayotgan  ayg‘oqchi  Arasan 

nima  qilishini  bilmay  qoldi  —  u  xoqonning  jig‘iga  tegib  ketmay  deganday  goh 

otining jilovini tortar, hokimi mutlaqning so‘zlarini yaxshiroq eshitib olish uchun u 

bilan  yana  otini  qamchi  bosib  uzangima-uzangi  bo‘lib  olar  edi.  Ayg‘oqchi  hech 

narsaga tushunmay qoldi — Chingizxonning bu qadar uzoq javob qaytarmagani 

sababiga  aqli  yetmadi,  axir  xoqon  «ayol  qatl  etilsin»  desa  bas,  qolganini  bajo 

keltirishaveradi,  —  birpasda  o‘sha  ayolni  haromzodasi  bilan  birgalikda 

aravaning  o‘zidayoq  gum  qilib  tashlashadi-qo‘yadi  —  farmoni  oliyni  oyoq  osti 

qilganning  jazosi  shu.  Uni  kigizga  o‘rab  bo‘g‘ib  tashlashsa  bo‘ldi,  o‘ladi-qoladi, 

— bu boshqalar uchun saboq. 

Birdan xoqon ayg‘oqchi tomonga keskin burilib: 

—  O’sha  qanjiq  aravada  tug‘ib  olguncha,  ikkiqat  bo‘lib  yurganini  hech  kim 




sezmabdimi?  Yoki  bilsa  ham,  bilmaslikka  olibdimi?  —  deb  edi,  Arasan  yuragi 

chiqqanidan, uzangisini tepib egarda tik turganini o‘zi ham sezmay qoldi. 

Ayg‘oqchi  Arasan  voqeaning  qanday  sodir  bo‘lganini  xonga  tushuntirib 

bermoqchi  bo‘lib  endi  og‘iz  juftlagan  edi,  xon  uning  poyma-poy  so‘zlarini  qahr 

bilan kesib dedi: 

— O’chir! Oradan biroz vaqt o‘tgach xoqon jahd bilan so‘radi: 

—    O’sha  manjalaqining  eri-ku  yo‘q ekan,  aravada  tug‘ib olgan  xotin kim  ekan 

o‘zi — oshpazmi, go‘laxmi, molboqarmi? 

Xoqon tug‘ib qo‘ygan ayolning bayroqlarga gul tikadigan kashtado‘z ekanini bilib 

juda  hayron  qoldi,  kimningdir  bu  ish  bilan  shug‘ullanishini,  kimningdir  shohona 

bayroqlarni  bichib,  zar  bilan  gullar  solib  bezab  tikishini,  shuningdek  kimningdir 

xon  etigini  tikkanini  yoki  umr  bo‘yi  rohatini  ko‘rib  kelgan  o‘tovlarning  kimningdir 

oyoqqa turg‘izganini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan ekan. Oldinlari bunday 

ikir-chikir, mayda narsalar haqida o‘ylashni o‘ziga ep ko‘rmagan edi. Nima bo‘pti 

— bayroq degani xoqonning qo‘shinlarida har doim bo‘lgan: askar qo‘nim olgan 

joylarda  deysizmi,  yurib  ketayotgan  otliq  askarlarning  qo‘llarida  yoki  ziyofat 

berilayotgan  joylarda  deysizmi,  bayroqlar  yoqib  qo‘yilgan  gulxanday  xon 

kelishidan oldinoq yal-yal yonib hilpirab turgan. Hozir ham shunday — xoqonga 

oq  yo‘l  tilab  bayroqdorlar  otlarini  gijinglatib  hammadan  oldin  borishmoqda. 

Jahongir G’arbga tomon yurish qilib borayotgan ekan, o‘zgalarning bayroqlarini 

oyoq  osti  qilib,  o‘z  tug‘larini  tikish  ilinjida  ketayotir.  Shunday  bo‘ladi  ham. 

Dunyoni zabt etish uchun xoqon bilan birga borayotgan har qanday kishi bir oz 

bo‘lsa  ham  itoatsizlik  qilsa,  o‘lim  jazosiga  mubtalo  bo‘ladi,  vassalom.  Itoat 

qildirish  uchun  jazolash  bir  kishining  ko‘pchilik  ustidan  hukmron  bo‘lishining 

hamishalik qurolidir. 

Lekin kashtado‘zning qilmishi aniq. U jazosini tortadi, biroq bu ishda yana kimdir 

arava yoki qo‘shinda yurgan biron yigit aybdor albatta... O’sha kim ekan? 

Endi  Chingizxonning  fe’li  aynidi,  qovog‘i  osilib,  rangi  o‘chdi,  silovsin  ko‘zlariday 

qo‘rqinchlik  ko‘zlarini  o‘qraytirib,  uzangini  chiranib  bosdi-da,  egarda  dong 

qotganday  o‘tirib  qoldi.  Har  qancha  shoshilinch  ishi  bo‘lganlar  ham  xoqonning 

yoniga yo‘lay olmay qoldi, uning bu qadar jahli chiqishiga sabab o‘sha kashtachi 

bilan  qandaydir  o‘ynashining  qatag‘on  shartlarini  buzib  gunohi  azimga  qo‘l 

urganigina  emas  edi,  bu  voqea  xoqonning  dilida  achchiq,  o‘chmas  va  uyatli  iz 

qoldirgan butunlay boshqa bir tarixni esiga soldi. 

Yoshligida  bo‘lib  o‘tgan  voqeani  eslab  yurak-bag‘ri  qon  bo‘ldi.  Otasiz  o‘sgan 

Temuchin davri kelib Rub’i maskunning hukmroni bo‘lishini hech kim, hatto o‘zi 

ham  xayoliga  keltirmagan.  O’shanda  bo‘z  bolalik  paytida  og‘ir  bir  isnodga 

qolgan.  Bolaligidayoq  ota-onalari  unashtirib  qo‘yishgan  qaylig‘i  Bo‘rteni 

uylanganiga  bir  oy  bo‘lmasdanoq  qo‘shni  merkit  qabilasi  bostirib  kelib  o‘g‘irlab 

ketgan.  Temuchin  merkitlarga  hujum  qilib  xotinini  qutqarib  kelguncha  oradan 

talay kun o‘tadi, xon dunyoga hukmron bo‘lmoq, taxtda o‘tirib o‘z nomi-ni abadiy 

yuksaklikka  ko‘tarmoq  uchun,  hamma  o‘tgan  narsalarni  unutmoq  uchun  ko‘p 

ming  qo‘shin  bilan  G’arbga  yurish  qilayot-gan  hozirgi  paytda  ham  o‘sha 

mudhish  kunlarni  eslashga  yuragi  betlamadi.  O’shanda  kechasi  merkitlar  uch 

kunlik  qon-li  jangdan  so‘ng  ayovsiz  hujumga  bardosh  berolmay  faqatgina  o‘z 

jonlarini  saqlab  qolish  uchun  uyur-uyur  yilqilari-yu,  qarorgohlarini  tashlab 

qasosdan  qo‘rqib  tum-taraqay  qochib  keta  boshladilar.  Qasos  haqidagi 

qasamda bunday deyiladi. 



 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling