Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet179/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Ipoteka banklar - bu ko’chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari o’zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar kurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Barcha tijorat banklari zaxira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo’yicha Markaziy bank tomonidan o’rnatiladigan ma’lum talablarga javob berishi zarur.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
2. Jamiyat va davlat Moliya tizimlari asosiy bo’g’inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday?
3. Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o’ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
4. Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring.
5. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko’rsating.
6. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq?
7. Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
8. Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
9. Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko’rinishlarini tasvirlang va izohlang.
10. Kreditning asosiy turlarini sanab ko’rsating va ularning tavsifini bering. Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
11. Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko’rsating.
19-MAVZU. SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH

Reja:
1. Soliq tizimi va uning vazifalari
2.O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari

Asosiy tayanch tushunchalar: Moliya, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar, soliq stavkasi, laffer egri chizig’i.

KIRISH

Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.


Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling