Microsoft Word baholash tartibi


-chizma. «Tejamkorlik paradoksi»


Download 2.89 Mb.
bet165/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

13.4-chizma. «Tejamkorlik paradoksi»

Chizmaning yotiq o’qida milliy daromad, tik o’qida esa jamg’arma va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo’lib, G’ chizig’i iqtisodiyotdagi to’la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.


E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig’i yotiq o’qqa parallel emas, balki o’sib boruvchi ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Bu esa, avtonom investitsiyalardan farqli o’laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bog’liqligini ko’rsatadi.
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg’arma hajmi 8 dan 8^ ga qadar o’smokda. Natijada jamg’armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi Ye dan Ye^ ga ko’chdi. Biroq, bu o’sish Ye nuqtadagi milliy daromad hajmi OI ning Ye\ nuqtadagi OM^ hajmiga qadar kisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham YEI darajadan Ye^ darajaga qadar qisqardi. Ye^YeoE nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo’luvchi uchburchak yuzasi jamg’arma hajmining o’sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini, YEE0 kesma esa investitsiyalarning qisqarishini ko’rsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jamg’armalarning o’sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan,hamda, xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, Moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.

3. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari

Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling