Microsoft Word baholash tartibi


-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi


Download 2.89 Mb.
bet162/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

13.1-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi

Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. ya’ni, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) harid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+1P) teng bo’ladi (14.2-chizma).


Chizmadan ko’rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi tenglik ushbu ko’rsatkichlar joylashgan o’qlarning o’rtasidan 45° burchak ostida o’tuvchi to’g’ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to’g’ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo’nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko’rsatadi. S chizig’i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o’sib boradi. yalpi sarflar (S+1P) chizig’ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (1P) miqdori qo’shib boriladi. Bu o’rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko’zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig’i iste’mol sarflari chizig’idan 1P miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.

I
13.2-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli

Chizmada iqtisodiy muvozanatga Ye nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+1PE) teng keladi.


To’la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflYatsion farq ko’rinishida ifodalangan. yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling