Microsoft Word baholash tartibi


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 2.89 Mb.
bet158/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiy muvozanat, xususiy muvozanatlik, umumiy muvozanatlik, retsession farq, inflyatsion farq, multiplikator samarasi, iqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl, turg’unlik (depressiya), jonlanish, yuksalish, tarkibiy inqirozlar, agrar inqirozlar.

KIRISH

Milliy iqtisodiyot miqyosida Jamiyatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muvozanat asosiy o’rin tutib, bu yalpi taklif (yaratilgan milliy daromad) va yalpi talab (foydalanilgan milliy daromad) o’rtasidagi muvozanatning o’ziga xos namoyon bo’lishidir. Mavzuda dastlab iqtisodiy muvozanat tushunchasi va ishlab chiqarish muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar qarab chiqiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish mutanosibliklari tizimi va ularning darajasi hamda tarmoqlararo balansning mazmuni bayon etiladi. Makroiqtisodiy muvozanatga erishishning bozor mexanizmlarini yoritib beriladi.


Mavzuda, shuningdek, iqtisodiy sikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo’lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishning sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o’rin ajratiladi.

1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari

Iqtisodiy mutanosiblik (nisbatlar) - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik shart bo’lmay, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo’lishi mumkin.
Mutanosibliklarni quyidagi guruhlar tarkibiga kiritish mumkin.
1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling