Microsoft Word baholash tartibi


-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi


Download 2.89 Mb.
bet155/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

12.3-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi

Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o’zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o’zgarishiga olib kelishini anglatadi.


«Xarajatlar - ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy o’sish modellari to’g’risida so’z yuritganda «nolь darajadagi iqtisodiy o’sish» kontseptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur kontseptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontseptsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshqa shu kabi ko’plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko’payib borishi. ishlab chiqarish, miqyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chegaralarini cheklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro’y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qishara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nolь darajadagi iqtisodiy o’sish» kontseptsiyasi tarafdorlari Iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontseptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida Jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling