Microsoft Word baholash tartibi


Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro’sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati


Download 2.89 Mb.
bet169/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro’sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati.
Birja inqirozi - birjada qimmatli kog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati.
Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi - milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beruvchi inqiroz.
Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi harid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog’liq . Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lgan, ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining harid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar:
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi;
b) yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz sur’atda o’sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi;
v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qishartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o’tkazish va ijara xaqini to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib yuboradi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling