Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet186/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

To’rtinchidan, davlat o’z zimmasiga bozornnng tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.


XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ kontseptsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy
g) Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik. tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo’li bilan kafolatlanadi. turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi. monopoliyalarga yo’l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling