Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo’g’inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday?
O’zbekiston davlat byudjeti mablag’larining shakllanish va taqsimlanish xususiyatlari to’g’risida mulohaza yuriting.
Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rolь o’ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko’rsating.
O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini isloh qilish qanday yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan?
20-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING ROLI
Reja:
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli xaqidagi nazariya va qarashlar.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.
3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.
Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi, davlatning iqtisodiy vazifalari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari, bevosita usullar, bilvosita usullar.
KIRISH
Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos o’rinlarga ega bo’lib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga dunyodagi turli xil iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mazkur mavzuda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib berishga harakat qilinadi.
Dastlab davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli qarab chiqilib, keyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi beriladi. Mavzu davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |