Mavzu: korxonaning asosiy vazifalari


Download 372.59 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi372.59 Kb.
#1523763
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
korxona



MAVZU: KORXONANING ASOSIY VAZIFALARI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1.Korxonaning maqsadi va vazifasi
2. Korxonaning faoliyat turlari
3.Korxonaning asosiy muammolari
4.Korxonaning faoliyati to‘g‘risidagi qabul qilingan qonunlar va o‘zgartirishlar
5. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyati va turlar yo‘nalishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Kirish
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam ravishda oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsad va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratadi.
Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida korxonaning o’rni va zarurligi kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanishlarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar berilmoqda.
Bu borada ilgari xususiylashtirilgan qariyb 40 ming obʼyekt oʻrganilib, ularning 3 ming 900 tasi boʻsh turgani yoki toʻliq ishlatilmayotgani aniqlangan. Ushbu obʼyektlarning 2700 tasi faoliyatini qayta tiklash yoki ular negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish boʻyicha loyihalar va "yoʻl xaritasi" ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihalar doirasida 2,7 trillion soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilib, 25 mingdan ortiq ish oʻrni yaratiladi. Bugungi kungacha 420 korxona faoliyati qayta tiklandi, yil yakunigacha yana 1800 obʼyektda ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyiladi.
Joriy yilda 408 davlat obʼyekti xususiy mulkdorlarga sotilgan. Ularning 278 tasi 1,6 trillion soʻmlik investitsiya kiritish va 10 mingdan ortiq ish oʻrni yaratish sharti bilan "nol" qiymatida berilgan. Bugungi kunda yana 388 davlat obʼyekti sotuvga qoʻyilgan boʻlib, ularning 161 tasini "nol" qiymat boʻyicha berish rejalashtirilgan. Davlatimiz raxbari yana bu borada “Shu paytgacha joylarda turli korxonalarni tashkil etish bo‘yicha ishladik. Endi sifatga e’tibor berish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish kerak”1 kabi so‘zlarni aytib o’tganlar.
Mamlakatimizning iqtisodiy islohotlar bosqichlarida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilmasida tub o’zgarishlarga asos solishdan iborat g’oyat muhim masala bu korxonani tashkil etish va rivojlantirish. Mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishi, jahon xo’jaligida salmoqli o’rin egallashida real sektorning ahamiyati va ro’li yuksak ekanligi hech kimga sir emas.Lekin, bozor munosabatlari mexanizmlarining mustaqil, tashqi omillarning ta'sir doirasidan holi ravishda ishlashi, tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning shiddatli tus olishiga zamin yaratdi. Ana shunday globallashuv sharoitlarida korxona menejmenti muntazam ishlab chiqarish jarayonida yangi tenologiya, innovatsion dasturlardan foydalanishi talab qilinadi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashti rish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berdi va ro`y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo`jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning i qtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.Mustaqillik hamda barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi.



Download 372.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling