Microsoft Word botanika docx
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
araukariyanomalar tartibining umumiy tavsifioilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: ARAUKARIYANOMALAR TARTIBINING UMUMIY TAVSIFI,OILASI
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 202-biologiya yo’nalishi talabasi Jumaniyozova Fazilatning Botanika fanidan
MAVZU: ARAUKARIYANOMALAR TARTIBINING UMUMIY TAVSIFI,OILASI
Urganch 2015 REJA:
I. Kirish II. Asosiy qism.
1.Ochiq urug’lilarning umumiy tavsifi. 2.Ninabarglilar tartibi yoki qubbalilar qabilasi. 3.Araukariyanomalar tartibi. III. Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. Ochiq urug`lilarning xarakterli belgisi shuki, ular urug` hosil qilib, shu urug`lari yordami bilan ko`payadi. Urug`lar shaklan o`zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo`lgan “urug`kurtak”dan paydo bo`ladi. Urug`kurtak va shunga yarasha urug` to`g`ridan-to`g`ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi — ochiq urug`lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir.Ochiq urug`li o`simliklarda urug` xosil bo`ladi, lekin meva vujudga kelmaydi. Chunki ochiq urug`lilarda meva bo`lmaydi, urug` kurtak ochiq holda joylashadi. Yopik urug`li o`simliklarda esa urug` ham , meva ham bor, ya`ni urug`ni tashqi tomondan meva urab turadi. Shu sababdan ochiq urug`li va yopik urug`li nomlari kelib chiqkan. Urug`li o`simliklarda sporafit bo’g’indan xosil bo`lgan gametofit bo’g’in qisqarib borgan. Bo`larda sporafit bugindan xosil bo`lgan gametofit bo’g’inda urug`lanish jarayoni ketadi. Urug`li o`simliklar yashash uchun ko`rash jarayonida sporali o`simliklarga nisbatan g’olib chiqqan. Ochiq urug`li o`simliklarga Karaganda yopik urug`li o`simliklar evolyusiyasi yanada progressiv bo`lgan.Ochiq urug‘lilar yer shari florasida muhim ahamiyatga ega buta va daraxt hayot shaklidagi o‘simliklardir. Ular shimoliy yarim sharda va baland tog‘larda uchraydigan doimiy yashil o‘simliklardir. Ochiq urug‘li o‘simliklar urug‘i yordamida ko‘payadi. Urug‘ esa shakli o‘zgargan, ust tomonidan integument bilan qoplangan. Urug‘murtak (megasporangiy) ichida megaspora hosil bo‘lib, megasporangiydan ajralmagan holda o‘sa boshlaydi va undan urg‘ochi gametofit nasl hosil bo‘ladi. Erkak gametofitda chang hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘lilarda otalanish sodir bo‘lishi uchun (changning urug‘chi tumshuqchasiga tushishi) changlanish sodir bo‘lishi zarur.Urug‘lanishning sodir bo‘lishi uchun urug‘chi tumshug‘chasiga tushgan chang o‘sib, nay hosil bo‘ladi. Bu nay orqali chang arxegoniy tomon harakat qilib, arxegoniyni otalantiradi.Ochiq urug‘lilarning aksariyat qismida jinsiy gametalar yoki harakatsiz chang – spermiy deb yuritiladi. Otalangan tuxum hujayrasidan urug‘murtak, undan o‘z navbatida urug‘ shakllanadi. Urug‘ sporachi barglar ustida ochiq joylashganligi tufayli bu bo‘lim vakillari ochiq urug‘lilar deb yuritiladi. Ochiq urug‘lilardan qubbalilar (Coniferopsida yoki Pinopsida) ajdodi yer yuzida keng tarqalgan. Ochiq urug`lilar uchta sinfga bo`linadi. 1. Sagovniklar (Cycadophyta) — makrofilliya bilan xarakterlanadi. Bu sinf quyidagi tartiblarga bo`linadi: urug`li qirqquloqlar (Pteridospermae), sagovniklar (Cycadales), bennettitlar (Bennettitales). 2. Qubbalilar sinfi (Coniferophyta) — mikrofilliya bilan ajralib turadi. Tartiblari: kordaitlar (Cordaitales), ginkgolar (Ginkgoales), ninabarglilar (Coniferales). 3. Qoplag`ich urug`lilar (Chlamydospermatophyta) — urug`lari maxsus pardaga o`ralgan. Tartiblari: efedralar (Ephedrales), gnetumlar (Gnetales), velvichiyalar (Welwitschiales yoki Tumboales).
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling