Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
104 — O’rtoq Yeltsin shunday bir tabarruk partbiletni tashladi, — dedi. — Yana-tag‘in, Kreml saroyida tashladi. Ming qilsa-da, o‘rtoq Yeltsin... nasroniy-da, nasroniy, o‘rtoq Yeltsin nasroniyligiga bordi. Xudoga shukur, men musulmonman, musulmon. Men musulmon farzandi... meni boqqan partbiletni tashlamayman. Men musulmon farzandi, partbiletni tashlab... nonko‘r bo‘lmayman! Botir firqa yuzaga chiqish yo‘lini o‘yladi. Tushib kelmish yo‘lidan... to‘rt oyoq bo‘lib o‘rmaladi. O’ra beligacha yuqorilab bordi. O’ra belidan tuproq bilan qaytib tushdi. Kaftlarini artdi. Shlyapasini bosib kiydi. Tevaragiga boqdi. Tomirlarni tutamlab, chinor kundaga chiqdi. Kunda ustidan o‘rmaladi. To‘rt oyoq bo‘lib o‘rmaladi. O’rmaladi- o‘rmaladi — yuzaga chiqib oldi. O’zini tap etib yerga tashladi. Yelkasidan nafas oldi. Ust-boshini tuzatdi. Galife shimini qoqdi. Boya o‘tirmish qundaga cho‘kdi. Osoyishta tin oldi. . O’raga qarab o‘tirdi-o‘tirdi... o‘ziga-o‘zi qoyil bo‘ldi: «Yerni yetti qatiga tushib keldim-a, yerni yetti qatiga-ya? — dedi. — Aql bovar etmas jasorat! Shu jasoratimni kampir bir ko‘rsa edi? Kampir har gapini o‘rolida meni kamsitadi. Sharting ketib-parting qoldi, deydi. U deydi, bu deydi... Mana, men kimman, mana! Tili bo‘lsa, mana shu chinor aytsin!» Botir firqa yumalab yotmish chinorga qarab xayol surdi. Xayollari bir joylarga ketdi. Xayollari qaerlargadir ketdi... Xayollar og‘ushida o‘tirdi-o‘tirdi... tag‘in yig‘ladi. Ho‘ngir-ho‘ngir yig‘ladi. U ushbu chinorlarni... o‘z qo‘li bilan ekib edi. U ushbu chinorlarni... o‘zi parvarishlab o‘stirib edi. Mazkur chinorlar ostida el-yurt uchun jon fido etdi. Yaxshi-yomon kunlari mazkur chinorlar ostida o‘tdi. Umri mazkur chinorlar ostida ado bo‘ldi. Oldin bahor — oxir xazon bo‘ldi. Umr yo‘li — borsa kelmas yo‘l bo‘ldi. Botir firqani joni achidi. Botir firqani tani kuydi. Botir firqani tan-joni... shodlandi. — O’rtoq Rashidov... — deya entiqdi. — Sharof Rashidovich, biz ekkan chinorlar... Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi, Buyuk ipak yo‘li! Botir firqani ichi kuydi. Botir firqani ichi kul-di... — O’rtoq Rashidov... biz yaratgan bog‘lar... Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi, Buyuk ipak yo‘li! Botir firqani ko‘zlarida qayg‘u bo‘ldi. Botir firqani ko‘zlarida bayram bo‘ldi... — O’rtoq Rashidov... biz endi Buyuk ipak yo‘lidan yuramiz. Buyuk ipak yo‘li bizni jahonga olib boradi. Istanbul, Parij, London... 1994-1998 yillar Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling