Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 Qo‘shchi tomdan tushdi. Hovuz bo‘ylab yurdi. Hovuz supada tik turdi. Qo‘llarini orqa etdi. Yo‘q qorinni olg‘a surdi. Io‘q qorinni olg‘a suraman deya... ketiga chalqayib qoldi. Yo‘q qorin oldinda qoldi... Keti ich-kari kirib yo‘qoldi. O’zi ketiga chalqayib qoldi! Qo‘shchi dehqonlarga barmoq nish etdi. — Shunday turinglar! — dedi. Dehqonlar supa poyiga to‘p bo‘ldi. Qo‘shchi supaga barmoq bigiz etdi. — O’tiringlar! — dedi. Dehqonlar cho‘k tushdi. Chordana qurib o‘tirdi. Qo‘shchi belqarsdan bilak o‘tkazdi. Belqars tutamladi. Io‘q qorinni tag‘in-da olg‘a surdi. Keti tag‘in-da ichkari kirib yo‘qoldi. — Ammo-lekin! — dedi. — Aytinglar, qani, men kimman? Dehqonlar o‘zaro qarashib oldi. Bilamiz demishday, bosh irg‘adi. Hazil demishday, miyiqlarida kuldi. — Kim bo‘lardingiz, o‘zimizni Botir qo‘shchi-da, — dedi. Qo‘shchi yo‘q qorinni olg‘a siltadi. — Yo‘q! — dedi. — Ammo-lekin topolmadilaring! Dehqonlar burchakka bet burib keldi. Dehqonlar og‘iz ushlab kuldi. — Kolxoz tuzilgani qachon edi? — dedi qo‘shchi. — Sizlarga qachon aql kiradi? Topinglar, men kimman? Dehqonlar yuzidan kulgich qochdi. Bari o‘ylab qoldi. Oxiri chidab o‘tirolmadi. — Unda, o‘zingiz ayting? — Biz bir dalada yurgan dehqon bo‘lsak? — Siz tuman borib keldingiz, siz ayting? Qo‘shchi ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Ko‘kragini olg‘a shishirdi. — Mana shu... men-a? — dedi. — Mana shu men! Aytinglar, qani, mana shu men kimman? Dehqonlar tag‘in bir-biroviga qaradi. — Ha, shu siz, shu siz! — dedi. — Unda, sizlarga topshiriq: boringlar, meni kim ekanimni bilib kelinglar! Qo‘shchi shunday deya, supadan tushdi. Ko‘chaga ravona bo‘ldi. Bir dehqon qo‘shchini izidan yetdi. Qo‘shchini bilagidan tutamladi. — Menga qara, Botir, — dedi. — Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq, deydilar. Otang shul, enang shul, nima qilasan, osmonga chiqib? Tush pastga, tush! Qo‘shchi qaytib keldi. Qo‘shchi ko‘kragiga kaft qo‘ydi. — Men! — deya ko‘krak urdi. — Mana shu men, Botir firqaman, Botir firqa! Dehqonlar o‘zaro qarashib-qarashib oldi. — Kim-kim? — dedi. — Bir so‘z bilan aytsak: Botir firqa! Qo‘shchi shunday deya, supa bosh-adog‘ilab odimladi. Dehqonlarga qarab-qarab odimladi. — Bir so‘z bilan aytsak, men shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim! Ayni vaqtda, qishloq sho‘rosini raisi-da bo‘ldim! — dedi. — Kimda- kim meni Botir firqa demas ekan, o‘zidan ko‘rsin! Dehqonlar baqa bo‘lib qoldi. Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling