Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
10
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 7 Shunda Botir firqa boshliq faollar tuman yo‘l oldi. Kattalarga murojaat etdi. — Mozoristonda sog‘ joy qolmadi, — dedi Botir firqa. — Butun tumanda shunday, — dedi kattalar. — Biz yuqoriga xabar berdik, yordam beramiz, dedi. — Ungacha jasadlarni qaerga qo‘yamiz? — Topiladi, tirikka topilgan yer, o‘likkayam topiladi! 11 Qish qaridi. El ko‘klamni poyladi. Intiq-intiq poyladi. O’t-o‘lan amal olishini qaradi. O’t-o‘lanlar bilan kun kechirishni o‘yladi. Ko‘kat yeb, qorin to‘ydirishni o‘yladi. 12 Chin, yuqoridan yordam keldi. Polutorka minib kel-di. Uchta NKVD xodimi keldi. Uchovini-da belida mau-zer bo‘ldi. Tuman vakili NKVDchilarni tanitdi. — Bu o‘rtoqlar ocharchilikka qarshi kurashish uchun keldi! — dedi. — Ocharchilikni tugatish uchun! — deya tuzatdi NKVD komandiri. — Vinovat, o‘rtoq komandir, vinovat, — dedi tuman vakili. — Siz faollar, mana shu hukumat vakillari ocharchilikni bartaraf etishlari uchun yaqindan yordam berasizlar! — Biz, siz faollarga suyanamiz! — dedi komandir. — Sizlar qanchalik ko‘p yordam bersalaringiz, biz ocharchilikni shunchalik tez tugatamiz. Biz bu borada yetarli tajribaga egamiz. Yigirmanchi yillarda Ukrainada xuddi shunday ocharchilik avj olib edi. Million- million qurbonlar bo‘lib edi, million-million! Moskva bizni Ukrainaga safarbar etdi. Biz juda qisqa muddat ichida Ukrainada ocharchilikka nuqga qo‘yib keldik! — Biz uchun kelibsizlar, qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz, — dedi Botir firqa. — Mana, tushunchali-tushunchali faollarimiz o‘tiribdi. — Bizga tushunchali odam kerak emas, — dedi ko-mandir. — Bizga yuk tashuvchi odam kerak! — Xo‘p, mana faollarimiz, tanlab oling. NKVDchilar oltita faolni tanlab oldi. 13 Aytilmish mahkamani o‘z qabristoni bo‘ldi. O’z mo-zori bo‘ldi. NKVD hrdimlari o‘r-jarlarni ko‘rdi. Soy-qirlar-ni ko‘rdi. O’ydim-chuqurlarni ko‘rdi. Xaroba-choldevor-larni ko‘rdi. Nihoyat, ana shu... qabristonni topdi! Qishloqtsan besh-olti chaqirimda eski bir hovuz bo‘ldi. Gir aylanmish tolzor hovuz bo‘ldi. Ko‘pdan buyon qarovsiz yotmish hovuz bo‘ldi. Suv to‘ldirilmasa-da, tagi sernam hovuz bo‘ldi. — Mana shu joyni tanladik, — dedi komandir. Botir firqa tushunmadi. Bir hovuzga qaradi, bir komandirga qaradi. Qishloq qiblasida yoyilib yotmish qabristonga qaradi. — Ammo-lekin har yurtni o‘z qabristoni bor, — dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling