Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 Bola ingillamay qoldi. Ona yolg‘izoyoq so‘qmoq bo‘ylab yurdi. Qishloqni mo‘ljallab yurdi. Qishloq bir qadam ko‘rinsa-da, xiyla olis bo‘ldi. Bir ilon so‘qmoqni kesib o‘tdi. Ona taqqa to‘xtadi. Seskanib oldi. O’zini orqaga oldi. Shunda, yelkasidagi bolasi ketiga chalqayib ketdi. Keti bilan yiqilib tushay dedi. Ona bolasini oyoqlaridan ushlab qoldi. Ona yoqasini ko‘tarib, ichiga «tuf-tuf» etdi. Ilon yurmish o‘t-o‘lan shitir-shitir tingunicha qimirlamadi. Joyida turdi. Tag‘in yo‘lida davom etdi. Bola onasini boshini opichlab-opichlab oldi. — Ena, non... — dedi. Ona parvo etmadi. Bir maromda odimladi. Qosh qorayib bordi. Ona qadamini katta oldi. Ammo qadami o‘ngmadi. Boshi aylandi. Ko‘z oldi tebrandi. — Ena, no-on... Elas-elas bir it hurdi. It kimga hurdi? It nima-ga hurdi? Ona oyoq ildi. «It menga huryapti, menga! — deya o‘yladi. — It bir nimani hidini oldi. It non hidini oldi, non. It ana endi chopib keladi!» Ona it hurishini... bolasidan ko‘rdi. «Bolam non-non deyapti. It «non» so‘zini eshitdi», deya o‘yladi. — Non dema-ya, qirilib ketgur! — deya, bolasi sonini o‘yib-o‘yib oldi. — Ana, it kelyapti, non dema-ya! Bolasini nafasi ichiga tushib ketdi. Ona tag‘in yo‘lida davom etdi. It yana bir hurdi. Ona ana shunda it bor tarafga qarab ketayotganini angladi. Yo‘lini chap solishni o‘yladi. Ammo so‘qmoq yolg‘iz bo‘ldi. O’z oti o‘zi bilan, yolg‘iz. Ona: «It non hidini oldi-yov. Chopib kelib yopishmasa-yov», deya o‘yladi. — Ona, no-on... Ona yo‘lini so‘qmoqdan chap solmoqchi bo‘ldi. Besh-olti odim bosdi. Ammo oyoqlari chirmovuqlarga ilashib qoldi. Yovvoyi bedalarga ilashib qoldi. Shunday ketsa, oyoqlari chalishib yiqilishidan qo‘rqdi. Yomondan-yomoni... o‘t-o‘lanlar ichida boyagiday ilonni bosib olishidan qo‘rqdi. Ona yana qaytib so‘qmoqqa tushdi. Qo‘ltiq tugunini mahkamroq bosdi. — Ena, no-on... Ona yelkalarini uchirdi. Bolasini silkib-silkib oldi. Jerkib-jerkib oldi. Oyoqlarini shapillatib- shapillatib urib oldi. — Non dema! — dedi. — Nonni otini atama! Ona hamon hadik bilan qadamladi. It yopishadi, deya hadiksiradi. Kun botib bordi. Kunbotar alvon-alvon shafaq bo‘ldi. Havodan salqinlik ufurdi. Havodan oqshom nafasi ufurdi. — Ena, no-on... It tobora yaqin bo‘la bordi. Ona ehtiyot uchun... it taraf qo‘ltig‘i — o‘ng qo‘ltig‘i-dan tugunni oldi. Avaylabgina... chap qo‘ltig‘iga qistirdi. Ko‘ngli xiyol orom oldi. Dadil odimladi. Bolasi ich-etini tirnab zorlandi: — Ena, no-o-on, no-o-on... Ona itdan ellik-oltmish qadam beridan o‘tdi. Batamom bemalol o‘tdi. Boisi, it... bog‘loqlik bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling