Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 — Bor, to‘g‘ri, bor, — dedi komandir. — Lekin ana shunday buyruq ham bor! — Qabriston ko‘chirilsin, degich buyruqmi? — Yo‘q, boshqacharoq buyruq, boshqacharoq... — Xo‘p, ayting, qandaychikin buyruq ekan? Men qishloq sho‘rosi raisiman, bilishim kerak? ; — Qizimang, o‘rtoq rais, qizimang. Biz ishimizni bilib qilamiz. Biz Ukrainada ocharchilikka qarshi kurashib, rosa tajriba to‘plaganmiz. Biz ana shu tajribalarimizdan kelib chiqib ish qilamiz. — Xo‘p, qani, tajribalaringizni ayting? — Tajribalarimiz bunday: siz aytgan anavi qabriston o‘z ajali bilan o‘lganlar uchundir. Faqat... ochliqdan o‘lganlar uchun emas! — Nima farqi bor, o‘z ajali bilan o‘ldi nima, ochlikdan o‘ldi nima? Bariyam o‘lim-da, bariyam go‘rga kiradi-da? — Baribir emas-da, o‘rtoq rais, baribir emas-da. Axir... nega ochliqdan o‘ladi? Sovet zamonida-ya? Nega siz bilan biz yuribmiz, ular esa ochlikdan o‘ladi? Sovet zamonida-ya? Buni sovet tuzumi dushmanlari eshitib qolsa nima deydi? Jar solib yoyadi, karnay qilib chaladi-ku! O’zingizdan qolar gap yo‘q, yosh sovet tuzumining dushmanlari ko‘p. Ular sovet tuzumini bo‘g‘ib tashlamoqchi, ha, yosh sovet tuzumini yo‘q qilmoqchi. Siz bilan biz firqamiz. Shunday ekan, siz bilan biz sovet tuzumi dushmanlariga qarshi ko‘kragimizni qalqon qilishimiz kerak. — Firqamiz, firqa! — dedi Botir firqa g‘urur bilan. — Ha, firqamiz! — Ha-a, ana, ana! Og‘zing to‘la qon bo‘lsayam, dushmaning oldida tupurma, deydilar. Shuning uchun siz bilan biz ocharchilikka qarshi shafqatsizlarcha kurash olib borishimiz kerak. Ya’ni ochlikdan o‘lganlarni hech kimga bildirmasdan... imi-jimida... mana shunday o‘ralarga... ko‘mib tashlashimiz kerak. Botir firqa birdan sergak bo‘ldi. Qulog‘i ding bo‘ldi. Ko‘zlari pir-pir bo‘ldi. — Manavigami? Bu... hovuz-ku? — dedi. — Nima farqi bor, o‘rtoq rais, nima farqi bor? Tayyorgina chuqur! Birov biladi, birov bilmaydi. Bilmasa, hovuzni ko‘mib tashlabdi, deydi-qo‘yadi. Shu bilan gap tamom bo‘ladi. Biz mana shunday yo‘l bilan ocharchilikka qarshi kurashamiz. Qarabsizki, tez kunda ocharchilikni tugatamiz. — Buni... buni tuman kattalari bilan bir maslahatlashib ko‘rish kerak. — Tuman kattalari uyoqtsa tursin, butun sovet hukumati kattalari biladi, o‘rtoq rais. Bu haqda buyruq bor. Ocharchilikka qarshi ana shunday kurashilsin, degan buyruq bor. Ukrainada ocharchilikni ana shunday yo‘l bilan bartaraf etdik. Nasib bo‘lsa, O’zbekistonda ham ocharchilikni ana shunday uslubda tugatamiz. Ana ikkitasini olib keldik, ana. Botir firqa gap bilan andarmon bo‘lib bilmadi. E’tibor etmadi. Ana endi e’tibor berdi. Hovuz tagiga qaradi. Qunt bilan qaradi. Hovuz tagida... ikkita qora narsa ustma-ust taxlab qo‘yildi. Ikkita qora narsa uzala-uzala taxlab qo‘yildi. Botir firqa angrayib qoldi. Bir narsalarga ang-rayib qaradi, bir komandirga angrayib qaradi. — Bular... odam... — deya duduqlandi Botir firqa. — Bular... odammi? — Yo‘q, ular ochdan o‘lganlar, — dedi komandir. — Ular... sovet hukumatiga qarshi ochdan o‘lganlar! Botir firqa beixtiyor... beixtiyor hovuzga tushib bordi. Taxlanib yotmish jasadlarni qaradi. Yuzlarni ochib qaradi. Ikkovini-da tanidi: birovi Ashir momo bo‘ldi, biri Chori bobo bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling