Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Beshinchi may, — dedi bir xodim. 
— Vaqt picha o‘tibdi, — dedi Botir firqa. — Pichagina o‘tibdi. Ammo-lekin haliyam kech 
emas. 
Botir firqa bir hafta qo‘mita binosi ichiga kirmadi. 
Hovlida xodimlar bilan xandaq qazidi. Xodimlar bilan turli-tuman nihol ekdi. 
O’rik ekdi. Olma ekdi. Gilos ekdi. Deraza ostida atirgul ekdi. Bo‘sag‘a oldida 
namozshomgul ekdi. 
Botir firqa ulkan darvoza oldida o‘ylab qoldi. Ketmon suyanib o‘yladi. Tevarak alanglab 
o‘yladi. 
«Hovlini to‘ldirib mevali daraxt ekdik, — dedi. Endi, darvoza oldiga-da mevali daraxt 
eksak. Masalan, olma eksak. Olmani soyasi o‘ziga yarasha bo‘ladi. Bersa, besh-olti 
kishiga soya beradi. Bu darvoza o‘z oti o‘zi bilan ijroqo‘m darvozasi bo‘ladi. Kelim-ketim 
ko‘p bo‘ladi. Xalq darvoza oldida yig‘iladi. Ichkari kirish uchun navbat kutadi. Olma qaysi 
biriga soya beradi? Yo‘q, besh-oltita ulkan daraxt kerak, ulkan!» 
Botir firqa o‘iladi-o‘yladi — darvoza oldida... yong‘oq ekar bo‘ldi. Yong‘oq ham mevali 
daraxt, ham ulkan daraxt, deya o‘yladi. Keyin, ushbu fikridan-da qaytdi. 
«Yong‘oq o‘zidan odam uchun ziyon hid chiqaradi, — dedi. — Ijroqo‘mga ko‘zidan yoshi 
oqqanlar keladi. Birortasi yig‘lab-yig‘lab, yong‘oq ostida... uxlab qolsa nima bo‘ladi?» 
Botir firqa tag‘in o‘yladi. Nihoyat, chinor ekajak bo‘ldi. 
— O’n tup chinor kerak, — dedi Botir firqa. — 
Birdan unib o‘sadigan, dadil-dadili kerak. 
Xodimlar mashinada kolxoz-sovxozlarga yo‘l oldi. Yaxshi-yaxshi chinor topib keldi. 
Xodimlar chinor tomirini xandaqqa soldi. Chinor bo‘g‘zidan bir qo‘llab ushladi. 
Botir firqa chinor ostiga bir satil suv soldi. Ustidan nurab tushgan devor tuprog‘ini soldi. 
Chinor tomirlarini devor tuproq bilan ko‘mdi. Ustidan yengil-engil tepkiladi. Tag‘in bir 
satil suv soldi. Endi, xandaqqa o‘zidan chiqqan tuproqni soldi. Tepkilab-tepkilab tekisladi. 
Botir firqa shu qabilda o‘n-o‘n beshtacha chinor ekdi. 
— Nasib bo‘lsa, qulf urib o‘sadi! — deya kuldi u. — 
Nasib bo‘lsa, bu chinorlar butun tumanga soya beradi! 
Botir firqa ertasi kuni ijroqo‘m raisi kreslosidan joy oldi. 
23 
1956 yil bo‘ldi. 
O’zbekistonda televizor joriy bo‘ldi. 
O’zbek xalqi televizor ko‘rajak bo‘ldi. 
Shu bois televizor otliqqa yo‘q bo‘ldi. 
Ushbu antiqadan bir donasi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi ixtiyoriga keldi. 
Qo‘mita faollari mazkur mujda otini topolmay qiynaldi. To‘poriroq, faol «quti», dedi. 
Ilg‘orroq faol, «oyna», dedi. O’qimishliroq faol «dilbuzar», dedi. 
Faollar mujdani qo‘yib ko‘rajak bo‘ldi. To‘pori faol mujda qog‘oz xaltasini, yirtdi. Ilg‘or 
faol mujdani xaltadan sug‘urib oldi. O’qimishli faol mujdani «qizil burchak»ka ko‘tarib 
qo‘ydi. 
Bo‘ldi — undan uyog‘iga birovini-da aqli yetmadi! 
Televizor shu turishida oylab turdi. «Qizil burchak»ni bezab turdi. 
Begim kunlar — 8 mart keldi. 
Qo‘mita sovg‘a-salomlar tayyorladi. Xayr-ehsonlar tayyorladi. Ana shu televizor Obod 
Mirzaxo‘jaevaga sovg‘a etilar bo‘ldi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling