Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 — Xo‘p, mayli, ketaver bo‘lmasa, salomat bo‘l! Mashina yo‘lga tushdi, u hovlilar ortidagi ko‘chaga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men esa es-hushimni yig‘ishtirolmay hamon yo‘l ustida turardim. Shamolga chap berib sigareta tutatdim. Sigaretani labimga keltirar ekanman, barmoqlarim dir-dir titrardi. Bir necha bor bosib-bosib, ichimga tortdim-da, so‘ngra g‘ildirak iziga tashlab toptab, yo‘lga ravona bo‘ldim. «Mana, yetib ham keldim», deb g‘o‘ldiradim o‘z-o‘zimga. Boshqa aytadigan gapim ham yo‘q edi. Yuragim fikr-xayollarimni bosib ketmoqchidek gurs-gurs urar, go‘yo bir narsani bolg‘alayotgandek qulog‘im shang‘illardi. Ovul ajabtovur o‘zgarib, xiyla kengayib qolibdi, yangidan solingan ko‘pgina shifer tomli binolar paydo bo‘libdi. Ko‘chalarga simyog‘ochlar o‘rnatilib, simlar tortilibdi, kolxoz boshqarmasi binosi oldidagi simyog‘ochda radio gapirardi. Bolalar maktabga chopqillab ketishyapti. Ulardan sal kattaroq bolalar esa universitetni bitirgan yosh o‘qituvchilari bilan (bu ko‘kragidagi znachogidan ko‘rinib turardi) bir gala bo‘lishib, allanimalar haqida o‘zaro gaplashib borishardi. Ehtimol, ularning orasida menga tosh va tayoqlar otib qolgan bolalar ham bordir. Mayli, hechqisi yo‘q, o‘sha kezlarda hali ular yosh bola emasmidi. Garchand meni bu yerda hech kim tanimasa ham, birov sezib qolmasin deb ko‘chaning bir chekkasidan shoshib borardim. Mana o‘sha sambittolli va paxsa devorli hovli. To‘xtab, nafasimni rostladim. Qo‘rquv va tashvishdan badanim muzlab, ko‘cha eshigi tomon qat’iyatsizlik bilan yurib boraverdim. Taqillatdim. Qo‘lida portfel ko‘targan qiz chopib chiqdi. Bu — menga tilini ko‘rsatib qochgan o‘sha qizcha edi. Endi u maktabga boradigan bo‘lib qolibdi. Qiz shoshilib turardi. U menga hayron bo‘lib qaradi-da: — Uyimizda hech kim yo‘q! — dedi. — Hech kim yo‘q? — Ha, oyim lesxozga mehmon bo‘lib ketdi... Dadam traktorlarga suv tashiyapti. — Asal-chi, qaerda u? — deb qo‘rqa-pisa so‘radimu shu zahotiyoq og‘zim qaqrab ketayotganini sezdim. — Asal? — deb ajablandi qiz. — Asal allaqachon ketib qolgan... — Keyin hech kelmadimi? — Har yili pochcham bilan birga keladi. Oyim uni juda yaxshi kishi deb maqtaydi. Qizdan bo‘lak hech narsa haqida surishtirib o‘tirmadim. U maktabiga chopib ketdi, men esa orqaga qaytdim. Bu yangilik meni shu qadar dovdiratib qo‘ydiki, uning kimga va qachon turmushga chiqqani endi menga baribir edi. Bilib nima ham qildim? Biroq o‘tgan yillar orasida nima uchundir Asal boshqa birovga turmushga chiqib ketgandir, degan fikr hech qachon xayolimga ham kelmagan edi. Axir shunday bo‘lishi ham mumkin edi-ku. Hech qanday dom-daraksiz bir necha yillar qoramni ko‘rsatmay ketganimdan keyin, hammani qo‘yib meni kutib o‘tirarmidi... Ovuldan chiqiboq, hech qanday mashinani kutib o‘tirmasdan, to‘g‘ri yo‘l yoqalab ketaverdim. Agar biror mashina quvib yetganida ham uni to‘xtatmas edim. Har qalay, biron yoqqa yurishim kerak edi, qayoqqa bo‘lsa ham — dunyoning narigi chekkasiga bo‘lsa ham menga baribir edi endi. Men bir vaqtlar Asalni olib ketgan yo‘ldan borardim. Ammo yo‘l burungicha emas — yaxshilab shibbalanib, shag‘al yotqizilgandi, Faqat dashtgina ilgarigicha: atrofda qop-qora shudgoru o‘rib olingandan keyin qolgan sarg‘ish poyalar ko‘zga tashlanardi. Bepoyon dasht issiqko‘lning nurli hoshiyadek ajralib turgan uzoq qirg‘oqlarini yorib kirib, tog‘ yonbag‘irlaridan tortib to ufqqa qadar yastanib yotardi. Qorlar erib, yalang‘ochlanib qolgan yer namga to‘yib ko‘pchib yotardi. Allaqayoqlarda traktorlar tarillab, bahorgi shudgorlash boshlab yuborilganidan darak berardi. Rosa xuftonda rayonga yetib keldim, tunni mehmonxonada bir amallab o‘tkazdim-da, ertalab avtobazaga borishga ahd qildim. Qayoqqadir, o‘zga o‘lkalarga ketishdan endi foyda yo‘q edi. Hamma orzu-istaklarim barbod bo‘lib, hammasidan mahrum bo‘lgan edim. Endi shunchaki yashash-u ishlashdan o‘zga iloj qolmagan edi — |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling