Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc


Download 202.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana08.01.2022
Hajmi202.88 Kb.
#238078
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

Umar ibn al-Hattob Quraysh qabilasi orasida o’zining dovyurakligi va jasurligi bilan 



ma’lum edi. Shu bilan birga u o’ta qat’iy, o’z aytganini oxiriga yetkazadigan kishilardan 

bo’lgan. U kishiga hech kim bas kelolmas ekan. Uni o’ziga tarafdor qilib olganlar uning 

qo’ynini puch yongoq bilan to’lgazib, uning obro’yi va kuch-qudratidan foydalanmoqchi 

bo’lganlar. Bir kuni Umar ketayotganda yo’lda unga yaqindagina islomni qabul qilgan 

Nuaym to’qnash kelib qoladi. 

—   Хo’sh, yo’l bo’lsin, Umar?—dedi  Nuaym. Shunda Umar unga qarab: 

—   Qurayshlar ichida yangi din chiqargan Muhammadni saranjom qilib kelay,— dedi. 

—   Obbo Umarey,— dedi Nuaym,— eshitmadingmi singling bilan kuyoving uning diniga 

kirishdi-ku. Sen oldin ularni bu yo’ldan qaytar. 

Umar sarosimaga tushib qoladi. So’ng yo’lini o’zgartirib, to’ppa-to’g’ri singlisinikiga 

ravona bo’ladi. 

Umar ibn al-Hattob singlisining uyiga kirsa, ich-karidan Qur’on tilovat qilinayotgan ovoz 

eshitilib qoladi. U eshik oldida qotib qoladi. Hamon Qur’on tilovati davom etar, 

singlisining mayin va hazin ovozi yuraklarni zabt etar, kishini hayolga chumdirib qo’yar 

edi. Umar shahdam qadam tashlab, ichkariga kiradi. Singlisi bilan kuyovi darhol 

o’qiyotgan Qur’on sahifasini yopib qo’yadilar. Shunda Umar ularga: 

—   Qani ko’rsatinglarchi, nimani o’qiyapsizlar?— deb so’radi. Bu orada ular o’qiyotgan 

narsasini berkitishga ulgurgan edilar. Kuyovi Umar avzoini ko’rib, undan xavfsirab 

g’uldiradi: 

—   Hech narsa o’qiyotganimiz yo’q. 

Umar darg’azab bo’lib o’zini tutolmadi: 

—   Sen ham unga ergashdingmi,— dediyu kuyovini yoqasidan tutib bug’di, uni   yerga 

qulatdi. Akasining bu harakatidan norozi bo’lgan singlisi Fotima erini uning qo’lidan 

qutqarmoqchi bo’lganida, Umar unga ham bir tarsaki qo’yib, og’zu burnini qonga beladi. 

Singlisi yig’lab, Hudoga nola qildi. 

Bu holdan negadir Umar bir seskanib ketdi. Avvaliga singlisining holini ko’rib unga 

achindi, keyin kuyovini bug’ganiga o’zicha xijolat chekdi, nojo’ya ish qilganiga 

pushaymon qildi. Shunda singlisi va kuyoviga tikilib: 

—   Qani beringlarchi, bir ko’ray, o’qiyotgan narsalaringni,— dedi. 

Fotima hayolga botdi, u hech narsa bermadi. Keyin zora u biroz yumshasa, degan fikrda 

Qur’on tilovat qilishga tushdi. Shunda uning mayin ovozi Umar qalbnni ezganday bo’ldi, 

uning ko’ngli yumshadi, surishtirmasdan nojuya qilgan harakatidan, singlisi, kuyovini 

urganidan birmuncha xijolat chekkanday bo’ldi. Shundan so’ng u behosdan payg’ambar 

sahobalari bilan suhbat qurib o’tirgan uy tomonga ravona bo’ldi. 

Shu tariqa u to’g’ri paygambar(sallallohu alayhi vassallam) qoshiga borib, islom dinini 

qabul qildi. Manbalarda aytilishicha, Umar musulmon bo’lganlarning qirqinchisi edi. 

Umar bir necha bor uylangan edi. Uning to’rt farzandi mashhurdir. Biri 

payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning xotini bo’lgan Хafsa, bir o’gli hadis ilmida 

mashhur bo’lgan Abdulloh ibn Umar, boshqasi o’zining jasorati bilan mashhur bulgan 

Ubaydulloh ibn Umar va yana biri Osim ibn Umardir. 

Umar ibn al-Hattob o’z davrining bilimdoni va har tomonlama yetuk olim edi. Islomni 

qabul qilgach, butun kuch-qudratini islom yo’liga sarf qildi, payg’ambar (sallallohu alayhi 

vassallam) rejasi bilan ish olib bordi. Ammo Makkada faoliyat 

olib borish ancha qiyin bo’lgach, turli guruhlarning hamla-hujumi tufayli ularning bu 

yerda qolishi ancha mushkul bo’lib qoldi. Shuning uchun asta-sekin Makkani 

tark etib, goh ochiq, goh. yashirin ravishda Madina tomonga ko’chish boshlandi. Hamma 

musulmon bo’lganlar birin-ketin ko’chib ketdilar. 

Ammo Umar yashirincha ko’chmadi. U qilichini qinidan sug’irib olganicha kuppa-kunduzi 




Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov 

 

 




Download 202.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling