Chahoryorlar.
Abdusodiq Irisov
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Bismillahir rohmanir rohiym
Sharqda to’rt buyuk halifa – chahoryorlarning tarixi tildan-tilga o’tib doston bo’lib kelgan
va ko’p rivoyatlar tarqalgan. Sharqshunos olim Abdusodiq Irisov qalamiga mansub
ushbu risolada ana shu to’rt buyuk siymo xusisida hikoya qilinadi.
Abdusodiq Irisov
CHAHORYORLAR
MASHHUR TO’RT XALIFA HAQIDA RISOLA
TOSHKENT-1993
O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambardan keyin dastlabki to’rt xalifa
islomning keng tarqalishiga asosiy rol o’ynagan kishilar edilar.
Ularning nomlarini zikr
qilish bilangina kifoyalanib qolmay, balki ular haqida kengroq ma’lumotlar tarqatish
Islom ma’rifat ahlining burchiga aylanib qolgan.
Bu yerda zikr qilinadigan to’rt halifa haqida Muhammad (sallallohu alayhi vassallam)
payg’ambarning hadislari ham bor. “Haq taolo, - do’stlarimni butun insonlarga fazilatli
qilib yaratgan. Bu do’stlarim ichida to’rt kishi – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining
fazilatlarini yuqori etdi. Ularni do’stlarimni eng yaxshisi qildi”. Yana boshqa yerda
keltirilgan hadisi sharifda “do’stlarim go’yo yulduzlar singarilar. Qaysi biriga
ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”, deydilar.
Birinchi hikoyamiz – hulafoyi roshidiyn – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi halifalarning avvalgisi
sanalmish Abu Bakr as-Siddiq haqida.
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
www.ziyouz.com kutubxonasi
2