Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc


«Agar sizlar Unga (ya’ni Muhammadga) yordam bermasangiz, lekin Alloh unga


Download 202.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana08.01.2022
Hajmi202.88 Kb.
#238078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)

«Agar sizlar Unga (ya’ni Muhammadga) yordam bermasangiz, lekin Alloh unga 

yordam berdi. Kofirlar uni (Makkadan) haydaganlarida g’orda yashirishgan ikki 

kishidan biri u edi. U o’z hamrohiga «Qaygurma, Alloh biz bilan» degandi. 

Uning ustiga Alloh taskinlik tushirdi, sizlarga ko’rinmaydigan lashkar bilan 

qullab-quvvatladi, kofir bo’lganlarning so’zlarini tuban qildi. Allohning so’zlari 

esa balanddir. Alloh qudrat va xikmat sohibidir» (9, 40). 

Naql qilishlaricha, dushmandan berkinib g’orda Abu Bakr bilan payg’ambar uch kun 

o’tirishadi. Abu Bakrning qizi Asmo g’orga yemak-ichmak keltirib turadi. Abu Bakrning 

ug’li Abdulloh ham ularga zarur narsalar keltirib, bularning holidan xabar olib turar edi. 

Ular faqat kecha qorong’usida kelishar, kunduzlari esa yaqin yo’lamas edilar. 

Oradan uch kun o’tdi va payg’ambar bilan Abu Bakrning iziga tushgan mushrikiylar 

tinchigach, ular Madina shahri tomon yo’l oldilar. Shu tariqa Madinaga ko’chdilar. Bu 

ko’chish, ya’ni xijrat yangi bir taqvimga boshlanma sifatida islom tarixiga kirib qoldi. 

Musulmonlar o’z kalendarlarini shu ko’chishdan boshlaydigan bo’ldilar. 

Abu Bakr Madina shahriga ko’chgach ham doimo payg’ambar bilan birga bo’lib, undan 

uzoqlashmadi. Unga doimiy bir sadoqat bilan hamroh bo’ldi. Abu Bakr hech qachon u 

kishining gapini ikkita qilmas zero ul zotga tamoman ishonib kelgan edi. 

Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etganida Abu Bakr u kishining yonida 

bo’lmagan, boshqa joyda bo’lgan. Bu habarni eshitib, darhol mayyit yoniga yetib boradi 

va yuzlariga yopilgan pardani ko’tarib, uning peshonasidan o’padi. Keyin bir ho’rsinib 

vazminlik bilan deydi: 

—   Barchamiz  Allohning  bandalarimiz va albatta, Uning huzuriga qaytamiz, ota-onam 

singa fido bo’lsin, sin hayot chog’ingizda go’zal edingiz, o’lgan chog’ingda ham go’zalsin. 

Haq Тaolo singa bu o’lim shiddatini ikkinchi bor yubormaydi. Peshonada bo’lgan bu o’lim 



Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov 

 

 




Download 202.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling