Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Bismillahir rohmanir rohiym
Sharqda to’rt buyukhalifa – chahoryorlarning tarixi tildan-tilga o’tib doston bo’lib kelgan va ko’p rivoyatlar tarqalgan. Sharqshunos olim Abdusodiq Irisov qalamiga mansub
ushbu risolada ana shu to’rt buyuk siymoxusisida hikoya qilinadi.
Abdusodiq Irisov
CHAHORYORLAR
MASHHUR TO’RT XALIFA HAQIDA RISOLA
TOSHKENT-1993
O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambardan keyin dastlabki to’rt xalifa islomning keng tarqalishiga asosiy rol o’ynagan kishilar edilar. Ularning nomlarini zikr qilish bilangina kifoyalanib qolmay, balki ular haqida kengroq ma’lumotlar tarqatish Islom ma’rifat ahlining burchiga aylanib qolgan.
Bu yerda zikr qilinadigan to’rt halifa haqida Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambarning hadislari ham bor. “Haq taolo, - do’stlarimni butun insonlarga fazilatli
qilib yaratgan. Bu do’stlarim ichida to’rt kishi – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining fazilatlarini yuqori etdi. Ularni do’stlarimni eng yaxshisi qildi”. Yana boshqa yerda keltirilgan hadisi sharifda “do’stlarim go’yo yulduzlar singarilar. Qaysi biriga
ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”, deydilar.
Birinchi hikoyamiz – hulafoyi roshidiyn – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi halifalarning avvalgisi sanalmish Abu Bakr as-Siddiq haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |