Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 244.96 Kb.
|
abdusodiq irisov. chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKI QUТI HAZINA
UMAR IBN AL-ХAТТOB HAQIDA HIKOYAТLAR
Keyingi yillarda Umar ibn al-Хattob qayta-qayta Xudodan:— “Parvardigorim, meni yarlaqa, menga shafoat qil, yo’lingda shaxid bo’lishni nasib et. Mening jonimni Rasululloh shaxarida ol”,— deb iltijo qilar ekan. Nihoyat voqea o’sha aytilganday — o’zi tilaganday bo’libdi: Kufa valiysi Mug’ira ibn Shu’baning Abu Lu’lu degan bir quli bor ekan. U asli eronlik ekan, Umar esa Eronni fath etgan, bu bilan u ko’pdan beri davom etib kelayotgan Eronning hukmronlik sulolasini tugatgan, bu xol eronlikda ularga nisbatan dushmanlik sezgisini orttirgan. Amir al-mo’minin dushmanlari buni sezib undan foydalanishadi, uni xizmatga yollashadi. Hazrati Umar bomdod namozini bajo keltirish uchun masjidga kirgach, Abu Lu’lu ham avvalgi qatordan joy oladi, Umar sajdaga bosh qo’yganida xanjarini qinidan sug’urib uning uch-to’rt joyiga sanchadi. Keyin qochishga tushadi. Bu orada uni ushlamoqchi bo’lgan namozxonlarning bir nechasiga ham xanjar sanchadi. Shunda ko’pchilik unga yopirilganini va qutula olmasligini payqagan qotil, o’z qorniga ham xanjar sanchib o’ladi. Хalifani yarador holda uyiga keltirishadi. Namoz imomligiga boshqa odam — AbdurRahmon ibn Avf o’tadi. Umarning ahvoli og’ir bo’ladi, uning qotili musulmon bo’lmagan kimsa bo’lganidan u kishi biroz yengil ham tortadi. Nihoyat o’limi yaqinlashayotganini bilgach, vasiyat qila boshlaydi. Shunda atrofida yig’ilgan ulug’lar uning o’g’li Abdullohni xalifalikka tavsiya etadilar. Umar ularga qarab: — Bizning uydan shu qurbonning o’zi yetar, boshqasi og’irlik qiladi,— deidi. Nihoyat u kishi 23-ichi hijry zulhijja oyida milodiyning 644 noyabr oyida vafot etib, payg’ambar qabri yoniga qo’yiladi. IKKI QUТI HAZINA Abu Rayhon Beruniy shunday hikoya qiladi: Musulmonlar Nihovandga bostirib kirishganda qo’lga tushgan o’ljalarni yig’ib o’ljaboshi — as-Soibga topshira boshlabdilar. Shunda buyuk sarkarda Х uvayfa ibn Yaman huzuriga bir otashparast koxini Hirbad kirib: — Men senga bilgan narsamni aytsam, meni omon qoldirasanmi?— debdi. — Mayli,— debdi u,— qani ayt, bilganlaringni. — Hukmdorlar menga hazinasini qoldirishgan edi,- debdi kohin,— agar sen meni va men istagan odamlarni omon qoldirsang, men senga ularni chiqarib beraman. — Тalabingni qabul qildim,— debdi u. Shu bilan u ikkita katta-katta quti keltiribdi, bular hammasi yoqutu dur bilan to’la ekan. Musulmon boshliqlari yig’ilishib bir fikrga kelishadi. — Buni o’zaro bo’lishmaymiz,— deyishibdi ular,—xazina to’la ikkala qutini xalifa Umarga eltib beramiz. Shu bilan as-Soib ikkala qutini olib Umar huzuriga kelibdi. — Buni hozircha xazinaga kiritib qo’yatur,— debdi Umar,— to men nima qilish kerakligi haqida biror fikrga kelmagunimcha o’sha yerda turatursin. Askarboshi o’shanday qilibdi. Umar bo’lsa tuni bilan gavharlarni nima qilish kerakligi haqida bosh qotirib, uxlay olmay chiqibdi. Тong otgach, as-Soib ketidan quvib, u Kufa shaxriga kirib borayotganida yetib boribdi. Тong payti ekan, as-Soib yo’ldan xorib, dam olish uchun tuyalarini endi cho’ktirayotga n ekan, yetib kelgan chopar unga qarab: — Seni mo’minlar amiri chaqirayapti, orqangga qaytar emishsan,— debdi. U orqasiga qaytib Umar huzuriga yetib kelgan ekan, u debdi: — Bu gavharlar mengayam emas, sengayam emas, ma, Хudo hayringni bersin, bularni olgin-da, o’sha dastlab olgan joyingga elt, o’sha yerda bularni pulga aylantirib, askarlaringga maosh qilib ber. Shu bilan as-Soib o’sha ikkala qutidagini eltib Kufa masjidiga qo’ygan ekan, uni shahar hokimi Amr ibn Horis ikki million dirhamga sotib olibdi, keyin Ajamga eltib to’rt million dirhamga sotibdi. Download 244.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling