Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 202.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
IKKI QUТI HAZINA
Abu Rayhon Beruniy shunday hikoya qiladi: Musulmonlar Nihovandga bostirib kirishganda qo’lga tushgan o’ljalarni yig’ib o’ljaboshi — as-Soibga topshira boshlabdilar. Shunda buyuk sarkarda Хuvayfa ibn Yaman huzuriga bir otashparast koxini Hirbad kirib: — Men senga bilgan narsamni aytsam, meni omon qoldirasanmi?— debdi. — Mayli,— debdi u,— qani ayt, bilganlaringni. — Hukmdorlar menga hazinasini qoldirishgan edi,- debdi kohin,— agar sen meni va men istagan odamlarni omon qoldirsang, men senga ularni chiqarib beraman. — Тalabingni qabul qildim,— debdi u. Shu bilan u ikkita katta-katta quti keltiribdi, bular hammasi yoqutu dur bilan to’la ekan. Musulmon boshliqlari yig’ilishib bir fikrga kelishadi. — Buni o’zaro bo’lishmaymiz,— deyishibdi ular,—xazina to’la ikkala qutini xalifa Umarga eltib beramiz. Shu bilan as-Soib ikkala qutini olib Umar huzuriga kelibdi. — Buni hozircha xazinaga kiritib qo’yatur,— debdi Umar,— to men nima qilish kerakligi haqida biror fikrga kelmagunimcha o’sha yerda turatursin. Askarboshi o’shanday qilibdi. Umar bo’lsa tuni bilan gavharlarni nima qilish kerakligi haqida bosh qotirib, uxlay olmay chiqibdi. Тong otgach, as-Soib ketidan quvib, u Kufa shaxriga kirib borayotganida yetib boribdi. Тong payti ekan, as-Soib yo’ldan xorib, dam olish uchun tuyalarini endi cho’ktirayotgan ekan, yetib kelgan chopar unga qarab: — Seni mo’minlar amiri chaqirayapti, orqangga qaytar emishsan,— debdi. U orqasiga qaytib Umar huzuriga yetib kelgan ekan, u debdi: — Bu gavharlar mengayam emas, sengayam emas, ma, Хudo hayringni bersin, bularni olgin-da, o’sha dastlab olgan joyingga elt, o’sha yerda bularni pulga aylantirib, askarlaringga maosh qilib ber. Shu bilan as-Soib o’sha ikkala qutidagini eltib Kufa masjidiga qo’ygan ekan, uni shahar hokimi Amr ibn Horis ikki million dirhamga sotib olibdi, keyin Ajamga eltib to’rt million dirhamga sotibdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling