«Agar sizlar Unga (ya’ni Muhammadga) yordam bermasangiz, lekin Alloh unga
yordam berdi. Kofirlar uni (Makkadan) haydaganlarida g’orda yashirishgan ikki
kishidan biri u edi. U o’z hamrohiga «Qaygurma, Alloh biz bilan» degandi.
Uning ustiga Alloh taskinlik tushirdi, sizlarga ko’rinmaydigan lashkar bilan
qullab-quvvatladi, kofir bo’lganlarning so’zlarini tuban qildi. Allohning so’zlari
esa balanddir. Alloh qudrat va xikmat sohibidir» (9, 40).
Naql qilishlaricha, dushmandan berkinib g’orda Abu Bakr bilan payg’ambar uch kun
o’tirishadi. Abu Bakrning qizi Asmo g’orga yemak-ichmak keltirib turadi. Abu Bakrning
ug’li Abdulloh ham ularga zarur narsalar keltirib, bularning holidan xabar olib turar edi.
Ular faqat kecha qorong’usida kelishar, kunduzlari esa yaqin yo’lamas edilar.
Oradan uch kun o’tdi va payg’ambar bilan Abu Bakrning iziga tushgan mushrikiylar
tinchigach, ular Madina shahri tomon yo’l oldilar. Shu tariqa Madinaga ko’chdilar. Bu
ko’chish, ya’ni xijrat yangi bir taqvimga boshlanma sifatida islom tarixiga kirib qoldi.
Musulmonlar o’z kalendarlarini shu ko’chishdan boshlaydigan bo’ldilar.
Abu Bakr Madina shahriga ko’chgach ham doimo payg’ambar bilan birga bo’lib, undan
uzoqlashmadi. Unga doimiy bir sadoqat bilan hamroh bo’ldi. Abu Bakr hech qachon u
kishining gapini ikkita qilmas zero ul zotga tamoman ishonib kelgan edi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etganida Abu Bakr u kishining yonida
bo’lmagan, boshqa joyda bo’lgan. Bu habarni eshitib, darhol mayyit yoniga yetib boradi
va yuzlariga yopilgan pardani ko’tarib, uning peshonasidan o’padi. Keyin bir ho’rsinib
vazminlik bilan deydi:
— Barchamiz Allohning bandalarimiz va albatta, Uning huzuriga qaytamiz, ota-onam
singa fido bo’lsin, sin hayot chog’ingizda go’zal edingiz, o’lgan chog’ingda ham go’zalsin.
Haq Тaolo singa bu o’lim shiddatini ikkinchi bor yubormaydi. Peshonada bo’lgan bu o’lim
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Do'stlaringiz bilan baham: |