Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
ishora yo‘q. Lekin hamma shunga mahtal turardi. Xumkallaning o‘tirishini ko‘ring. Quloqlari 
dikraygan, ko‘zlarida sabrsizlik. Lekin, ovning qanchalik mashaqqatlari borligini hali bilmaydi. Ana, 
Ildam ham hoziru nozir; mana, Suyginoy — onasining ko‘zlariga tik va sadoqat bilan boqadi; ularning 
yonida Toshchaynar, nari borib-beri kelib turibdi. Hammalari Akbaraning amriga muntazir. Lekin 
bularning bari ustidan yana bir buyuk hokim — Ochlik, nafs hukmron. 
Akbara vaqt yetdi deganday o‘rnidan qo‘zg‘aldi, yo‘rtib yo‘lga tushdi. Ortiq kutib bo‘lmasdi. 
Boshqalar ham unga ergashdilar. 
Akbara, bolalari hali kichkina ekan, ovni qanday orzu qilgan bo‘lsa, xuddi shunday boshlaydi. 
Gala-gala bo‘rilar bir joyga yig‘ilib, cho‘lda katta ov boshlab yuboradigan payt. Yana jindak vaqt 
o‘tsin, qora sovuqlar turadi, o‘shanda yolg‘iz daydigan bo‘rilar jamoaga birlashadi va to qish oxirlariga 
qadar birgalikda ov qiladi. 
Akbara va Toshchaynar ungacha to‘ng‘ich farzandlarini sinab ko‘rgani birinchi katta sayg‘oq oviga 
olib bormoqda edilar. 
Bo‘rilar birda odimlab, birda yo‘rtib cho‘lga qarab ichkarilar, ularning izlari tep-tekis momiq qorga 
xuddi yagona kuch va iroda ramziday chuqur botar, yirtqichlar yo‘llarida buta kelsa, egilib o‘tishar, 
lozim bo‘lsa, xuddi soyaday ovoz chiqarmay sakrashar edi. Endi hammasi ularning o‘zlariga bog‘liq, 
omadlariga havola... 
Bir yerga yetganda, Akbara atrofga ko‘z tashlab qo‘yish uchun tepalik ustiga yugurib chiqdi. 
Ko‘kko‘zlarini cho‘lning olis-olislariga qadagancha tek qoldi. U dimog‘i bilan shamol keltirgan 
hidlarni saralardi. Ulug‘ sahro uyg‘onib kelardi. Ko‘z ilg‘agulik yengil, harir tumanlar ichra sayg‘oq 
suruklari o‘tlab yurardi, suruklar juda katta edi; ularga bir yoshga to‘lgan to‘qli podalari ham aralash 
edi; lekin, ko‘p o‘tmay ular o‘zlari alohida suruk bo‘lib chiqadilar. O’sha yili sayg‘oqlar mo‘l 
bolalagan edilar. Bu — bo‘rilarga ham baraka demak... 
Akbara chiy o‘sgan tepada bir oz turib qoldi: mo‘ljalni raso olish, shamolning esishiga ko‘ra ovni 
qaysi tomondan boshlashni aniq bilish kerak edi. 
Xuddi mana shu payt allaqaylardan, osmon tarafdan g‘alati qaldiragan tovush chiqdi. Cho‘lni shu 
gulduros bosdi. Lekin u sira momaqaldiroq sasiga o‘xshamasdi. Notanish shovqin dam sayin kuchayib 
kelardi. Toshchaynar ham joyida turolmay sakrab Akbaraning yoniga ko‘tarildi, shunda har ikkovlari 
ham qo‘rqib orqalariga tisarildilar — osmonda nimadir bo‘lmoqda edi. Uzoqda quloqlarni batang qilib 
qaldiragan qandaydir temir qush paydo bo‘ldi. U xuddi qumga tumshug‘ini tiqib olay deb, pastlab, 
enkayib, qiyshayib uchardi. Undan picha nariroqda yana bir xuddi shunday qush uchib kelardi. Keyin 
ular ko‘zdan yiroqlab ketdilar. Shovqin-suron asta-sekin tindi. Bular vertolyotlar edi. 
Shunday qilib, misoli suvda iz qoldirmaydigan baliqlardek ikki vertolyot Mo‘yinqum osmonini 
tilib o‘tdi. Biroq na ko‘k va na yerda biron narsa o‘zgardi. Bu havodan qilingan azmoyish edi. Hozir 
uchuvchilar qaerda, xaritaning qaysi bo‘lagidan qancha, nima ko‘rganliklari haqida radio orqali tegishli 
joyga xabar bermoqda. Mo‘yinqumga kiradigan vezdexodlar, yuk pritseplariga qulay yo‘llarni 
ko‘rsatmoqda edilar... 
Bo‘rilarmi, ularni nima ham deb bo‘lardi, birpaslik sarosimadan so‘ng, ular vertolyotlarni eslaridan 
chiqarib, sayg‘oqlar makoni sari lo‘killab jo‘nashdi. Ularning hammalari, barcha cho‘l jonivorlari va 
yirtqichlari endi daftarga tushganliklari hamda yoppasiga qirg‘in qilishga mahkum etilganliklarini 
qaerdan bilsinlar, axir. Bu ularning yetti uxlab tushlariga ham kirmagan, bularni bilish, anglashdan 
mahrum ham edilar. Holbuki, ularni qirish rejalashtirilgan, ko‘p joylarda kelishilgan, mana, hozir, shu 
tobda qancha-qanchalab motor-mashinalarga minib bu yoqlarga qarab yo‘lga tushishgandi... 
Cho‘l bo‘rilari o‘zlarining azal yemishlari — sayg‘oqlar — odamlarga go‘sht topshirish planini 
bajarish uchun kerak bo‘lib qolganligini qaerdan bilishsin, axir, «Hal qiluvchi» yilning oxirgi 
kvartalida oblastning ahvoli nihoyatda chatoq, yuqori doiralarda asabiy holat hukmron edi. «Besh 
yillik plani» to‘lmay turardi. Shunda oblast boshqarmasidagi aqlli ustasi faranglardan biri Mo‘yinqum 
go‘sht zahiralarini «harakatga keltirishni» taklif etdi. Buning ma’nosi shu. Go‘sht yetishtirish muhim 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling