Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
— E, yo‘q,— dedi kulib Marat.— Bo‘ston — Amerikaning katta shaharlaridan biri, Nyu-Yorkdan 
qolishmaydi. Bizda esa Bo‘ston — bo‘z to‘n degani, ya’ni kulrang chopon. Tushundingmi? 
— Tuf-ey, ana, qurg‘urni qara, rost, rost!— deb tasdiqladi Bozorboy, bu gaplarning bari ikki pulga 
qimmatligi, Bo‘stonning obro‘yiga zarracha ham putur yetkazolmasligidan achinib.— Xuddi o‘zi. 
Bo‘ston deb choponni aytamiz... 
Kechaning seryulduz falagi — sarbaland tog‘lar qorong‘ulikda qud-ratli yag‘rini elas-elas ko‘zga 
chalinib turgan ko‘l uzra yoyildi. Uch otliq hazil-huzul qilishib Tamanga ketib borishar, shu kecha bir 
qancha odamlarning taqdir kalavalari yechib bo‘lmaydigan darajada og‘ir chuvalashib ketganligini 
hayollariga ham keltirmas edilar... Mana, ularning gap-so‘zlari, ot taqalarining toshlarga urilgan 
ovozlari borgan sari sekinlab, so‘ng butunlay eshitilmay qoldi... Bo‘ston dvijogining pat-pati ham 
orqada so‘ndi, uning chiroqlari tog‘larga cho‘kkan qorong‘ulik ichidan cho‘ponlarning bir necha 
qo‘ralari-yu hovlilariga oq shu’lalar taratardi. 
Qaerdadir uzoq ketmay qashqirlar izg‘ishardi... 
II 
Gulimxon kichkintoyni aldab-suldab, erkalab bir amallab uxlagani yotqizdi, o‘zi yotmay — erini 
kutdi. Eri hali-zamon kelishi kerak edi. Tashqarida itlar birdan baravar vovullay boshladi. Gulimxon 
yelkasiga issiq ro‘molini tashlab, derazaga yuzini bosdi. Direktorning «Gazigi» chiroqlari bilan 
qorong‘ulikni yorib, qo‘zilaydigan qo‘ylar saqlanayotgan katta qo‘ton oldidan qayrildi. Bo‘stonning 
mashinadan tushgani, xayrlashib, kabina eshigini yopgani va mashina orqasiga keskin burilib ketganini 
Gulimxon ko‘rib turdi. Eri darrov uyga kirib kelmasligini Gulimxon bilardi. Bunaqa paytlarda u avval 
qo‘tonlar va saroylarni aylanadi, g‘aramxonaga qaraydi, qorovul Qudurmatdan kuni bo‘yi bo‘lgan ish-
hushlarni so‘raydi, qo‘ylar yotib qolmadimi, chala tashlab qo‘ymadimi, qo‘zilaganlari bormi, yo‘qmi, 
hammasini bilmaguncha tinchimaydi, 
Kuni bilan ko‘chadan horib-charchab kelgan erini qaynoqqina ob-osh bilan kutib olish uchun 
Gulimxon o‘choq tagiga oldindan hozirlab qo‘yilgan o‘tinlarni tashladi. Gulimxon issiq choy bo‘lmasa 
eriga hech narsa tatimasligini biladi. U qachon kelarkin deb, ostonaga quloq sola boshladi. Kichkintoy 
Kenjash otasining sovuqdan muzday bo‘lib qolgan mo‘ylovlari yuziga tekkach, issiqqina to‘shagida 
maza qilib dumalab, lablarini chapillatib qo‘yishini tasavvuriga keltirdi-da, Gulimxon jilmayib qo‘ydi. 
Odatda kichkintoyni Bo‘stonning o‘zi o‘ringa yotqizardi. Bundan oldin u bilan anchagacha o‘ralashar, 
va hatto hushiga kelsa, eshik, derazalarni mahkam berkitib, uyni isitib, o‘zi kichkinani tosga solib 
cho‘miltirardi. Qo‘shnilari Bo‘ston yoshi qaytib, bolaga haddan ziyod mehr qo‘yyapti, ilgari u bunday 
emasdi, deyishardi. Ilgari u bolalaridan ham ko‘ra ishni ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Mana, endi oldingi 
bolalari voyaga yetishib, o‘zlari bolalik bo‘lib qolishdi. O’z kunlarini o‘zlari ko‘rishadi. Ular Bo‘stonni 
ko‘rgani kelib turishadi. Lekin, bolaning to‘rva qoqdisi hammadan ham lazizroq bo‘lar ekan. Biroq, 
Bo‘stonning Kenjashga bunchalar qattiq mehr qo‘yganligining boshqa bir achchiq sababi ham yo‘q 
emas. Buni bir Gulimxon bilmasa, tushunmasa, kim biladi, tushunadi. Axir, ular bir kunmas-bir kun er-
xotin bo‘lamiz, farzand ko‘ramiz deb, hech hayollariga keltirishibdimi: axir, uning eri Ernazar dovonda 
nobud bo‘lmasaydi, va shundan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay Bo‘stonning birinchi xotini Orzigul qazo 
qilmasaydi, bu ishlar qayoqda edi. Ular o‘tgan ishga salavot deb qo‘yishgan, lekin yolg‘iz qolgan 
chog‘larida har birlari o‘z hayollariga g‘arq bo‘ladilar, kechgan kunlarini o‘ylaydilar... Kichkintoy — 
ularni bir-birlariga mustahkamroq bog‘lab turadi. Axir, u ne-ne mashaqqatlarning shirin mevasi. Axir 
dovonga yo‘lni Bo‘ston boshlagan edi, o‘shanda yordamchisi Ernazar uning ko‘z o‘ngida halok bo‘ldi, 
ko‘z ilg‘amas chuqur muzlik qa’rida qolib ketdi... Faqat shu kichkintoygina Bo‘ston yuragidagi 
o‘pqonni to‘ldirib turar, yarasiga malham edi. Binobarin, qadimdan qolgan gap bor — faqat 
tug‘ilishgina o‘limning o‘rnini to‘ldiradi. 
Mana, nihoyat qadam tovushlari eshitildi, Gulimxon erining qoshiga yugurib chiqdi, etigini 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling