Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
olib ketishar, keyin zarracha ham qarshilik ko‘rsatmaydigan, hatto qochishga ham urinib ko‘rmaydigan 
yuvoshgina qo‘y suruvlarini bo‘g‘izlash bilan mashg‘ul bo‘lar edilar: to‘g‘ri, bo‘ yerlarni ham xatarsiz 
deb bo‘lmasdi — tag‘in bunisi barcha xatarlar ichida eng xatarlisi edi — bu yerlarda podalarga 
odamlar qarashardi, qo‘y-qo‘zilarning xudosi ham, qo‘y-qo‘zilarning quli ham shular edilar, bular 
o‘zlari kun ko‘rardilar-u, lekin boshqalarga sira kun bermas, ayniqsa, ularga qaram bo‘lmaganlarni, o‘z 
erki bilan yashashga uringanlarni qo‘ymas edilar... O, odamlar, odamlar — odamxudolar! O’sha 
odamlar ham azaldan Mo‘yinqum sayg‘oqlarini ovlab keladilar. Avvalda ular otlarga minib, ustilariga 
teri yopinib, o‘q-yoy otib keldilar, keyin miltiq ko‘tarib varang-varang o‘q qo‘yib ayyuhannos 
ko‘tardilar, u yoqdan-bu yoqqa halokuning itiday ot qo‘yib chopdilar. Sayg‘oqlar esa to‘da-to‘da bo‘lib 
dam u yoqqa, dam bu yoqqa qochishar, nihoyat, cheksiz saksovulzorlar ichra g‘oyib bo‘lishar edi. Ana, 
endi ularni topib ko‘r-chi! Bular ham o‘tib, odamxudolar keyin sayg‘oqlarni mashinalarga minib qira 
boshlashdi. Xuddi bo‘rilar kabi sayg‘oqlarni avval holdan toydirib, so‘ng miltiqlari bilan qiron 
solishdi. Undan ham o‘tib, odamxudolar vertolyotlarda uchib kelishdi, keyin sayg‘oqlarni ular o‘tlab 
yurgan yerlardan topishib, belgilangan joylariga haydab, qurshab olib kelishdi, bu payt yerda, 
mashinalarda poylab turgan merganlar tezlikni yuz-yuzdan oshirib ta’qib qilishga tushar, vertolyotlar 
esa tepadan ularga yo‘l va nishon ko‘rsatib turardilar. Mashinalar, vertolyotlar, tezotar miltiqlar 
zulmidan Mo‘yinqumning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketdi. Sayg‘oqlar uchun oxirzamon, qiyomat-
qoyim boshlandi. 
Ko‘kko‘z Akbara unda ancha yosh edi. Bo‘lajak jufti Toshchaynar esa undan picha kattaroq edi. 
Ular bo‘ri to‘dalariga qo‘shilib ov qilishning mashqini ola boshlashdi. Boshda ular olg‘ir bo‘rilar bilan 
tenglasholmay, yerga qulagan, chalajon holda yiqilgan kiyiklarni bo‘g‘izlab, qornini yorib yurishdi. 
So‘ng o‘zlari kuch-quvvatga to‘lib, ko‘p bo‘rilarni va ayniqsa, qari bo‘rilarni orqada qoldirib ketishdi. 
Hammasi tabiatning o‘z yo‘l-yo‘rig‘i bilan borganda, ular ko‘p o‘tmay bo‘ri galalarining serkasi 
bo‘lardilar. Biroq ikki o‘rtada hech hayolga kelmagan ishlar ro‘y berdi... 
Yil yilga to‘g‘ri kelmas ekan. O’sha yili ko‘klamda sayg‘oqlar xo‘p barakali qulunladilar — 
ko‘plari egizak tug‘di. O’tgan kuz oylari, sayg‘oqlar kuyikkan kezlari kunlar iliq keldi, ust-ustiga 
yog‘in-sochin tushdi, shundan so‘ng quruq cheksiz sayhonlarda ikki marta maysa ko‘kladi. O’t-o‘lan 
mo‘l-ko‘l, bolalash ham shunga yarasha edi. Ko‘z yoriydigan payt kelganda sayg‘oqlar erta 
ko‘klamdayoq Mo‘yinqumning eng ichkarisidagi qor tushmas qumliklarga ketib qolishadi. Negaki, bu 
tomonlarga bo‘rilar yaqin yo‘lay olmas, buning ustiga barxanlarda sayg‘oqlarni quvib yetadiganning 
o‘zi yo‘q edi. Qumliklarda kiyik quvmoqqa yo‘l bo‘lsin. Biroq, kuz va qish oylarida sayg‘oqlar cho‘l, 
chala sahrolarga tushib kelgan mahallar ko‘kyol galalari o‘z hissalarini oshig‘i bilan oladilar. Xudo 
berdi qashqirlarga, degani ana o‘shanda bo‘ladi. Yozda kunlar qattiq isib ketganda, bo‘rilar 
sayg‘oqlarga tegmaydilar. Bu yoqda shundoq tumshuqlari tagida boshqa yemishlar to‘lib-toshib 
yotmaydimi. Sug‘urlar qish uyqusidan chiqishib, tamomi sahro bo‘ylab yugurgilashib yurishadi. . 
Boshqa mahluq hamda jonivorlar yil bo‘yi yeb-ichib, umrguzaronlik qiladigan narsalarga ular faqat 
yoz ichi yetishadilar. Ana shunda sug‘ur galalarining behalovat yugur-yugurlarini ko‘ring. Ular xavf-
xatarga ham qaramay qo‘yadilar. Ana shunda bo‘ri deganinish kuni tug‘adi. Sug‘ur ovi boshlanadi. 
Axir har narsaning o‘z vaqti-soati bor-da. Qishda sug‘ur anqoning urug‘i. Yoz oylarida bo‘rilar ilvasin, 
kaklik-karkildak kabi qushlaru jonivorlarni o‘lja qilib kun kechirishadi. Lekin eng ulug‘ ov — sayg‘oq 
ovi kuzda boshlanadi. So‘ng to qish oyoqlaguncha cho‘ziladi. Har narsaning o‘z vaqti-soati keladi. 
Cho‘lu dashtlarda hayotning shu maromda tebranib turishi tabiatning adolatidan bo‘lsa kerak. 
Mo‘yinqumda azal-azaldan beri davom etib kelayotgan tirikchilikning bu yo‘rig‘ini yo tabiiy ofat va 
yo inson bolasigina izdan chiqarib yuborishi mumkin edi... 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling